Hududiy yangiliklar
December 7, 2023

Vazir o'rinbosari Namangan sardorlari bilan uchrashdi !

xizmat safari bilan Namangan viloyatida boʻlib turgan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev va viloyat Yoshlar ittifoqi hamda "Kamalak" bolalar tashkiloti sardorlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlatobod tumanida joylashgan 92-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda sinf, maktab hamda viloyat sardorlarining takliflari tinglandi. Oʻquvchilar oʻrtasida chet tillari, jurnalistika, notiqlik, musiqa va sanʼat hamda zamonaviy kasblarni oʻrganish borasida qilinishi kerak boʻlgan ishlar muhokama qilindi.

Endilikda Namangan tajribasi sifatida viloyatdagi har bir maktabda "Bolalar mushoirasi" klublari tashkil etiladi, Matbuot va media yoʻnalishi sardorlarini jurnalistika va mobilografiya boʻyicha oʻqitish yo'lga qo'yiladi, o'quvchilar oʻrtasida doimiy ravishda tanlov va musobaqalar tashkillanib iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqiladi.

Uchrashuv yakunida viloyatdagi eng faol, tashabbuskor sardorlar qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.