Xorazm viloyati sardorlari saylandi!
Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati sardorlar Kengashining joriy o'quv yilida faoliyat olib boruvchi sardorlarini aniqlash maqsadida sardorlar saylovi tashkil etildi. Sardorlar saylovi an'anaga muvofiq Sardorlar forumi shaklida tashkil etilib, unda 12 ta tuman va shahar sardorlar Kengashlarining 140 dan ortiq sardorlari faol qatnashishdi.
Forum doirasida sardorlar uchun yo‘nalishlar kesimida o'quv-seminar, uchrashuvlar va jamoada ishlash qobilyatlarini rivojantirishga qaratilgan o'yinlar tashkil etildi. Forumda Prezident Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari Qahramon Quranboyev, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov, "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Madina Baratova ishtirok etib, sardorlarimizga o'z tavsiya va maslahatlarini berishdi hamda barcha ishtirokchilarga viloyat saylovlarida omad tilashdi.
Shundan so‘ng, sardorlar savlovlariga start berildi. Viloyat sardorligi uchun nomzodlarimiz "Agarda men viloyat sardori bo‘lsam..." mavzusida o'z savlov oldi chiqishlari bilan loyiha va takliflarini bildirishdi. Saylovlar yakunida ishtirokchilar nomzodlar ichidan o'zlari munosib deb bilgan liderlarga ovoz berishdi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Xorazm viloyatining saylangan sardorlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.