February 7

"Bugungi kun yoshlari – ertangi kun vatan himoyachilaridir" loyihasi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi va Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida “Bugungi kun yoshlari – ertangi kun vatan himoyachilaridir” loyihasi o‘tkazildi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda, ular harbiy texnika va qurol-aslahalar ko'rgazmalari, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.