Surxondaryoda uch avlod uchrashuvi o’tkazildi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kattalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida Termiz davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda viloyatdagi kuch tuzulmalardagi faxriylar,turli tashkilot vakillari, professor-o‘qituvchilar, faol talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda keksa-nuroniylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnatdagi mashaqqatlari haqida samimiy fikrlarini bildirdi.
Bu kabi uchrashuvlardan talaba yoshlar o‘zlari uchun foydali va qiziqarli saboqlar olganini eʼtirof etishdi.