Germaniyaning "German Sparkassenstiftung" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda German Sparkassenstiftung tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yaxshilash va kelajakdagi rejalar uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyati hamda German Sparkassenstiftung tashkilotining Bosh ofisi Markaziy Osiyo loyihasi rahbari Inka Ryuk va boshqa tashkilot a’zolari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida bir qator istiqbolli loyihalar yuzasidan o'zaro hamkorlikda ishlarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Xususan, tashkilotimizning uzoq yillik hamkori hisoblangan German Sparkassenstiftung tashkiloti bilan birgalikda yoshlarning ekologiya va fermerlikga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy yil yakuniga qadar 4 ta viloyatda maxsus o'quv markazlarini tashkil etishga kelishildi. Bunda o'quv jarayonlari xalqaro mutaxassislar ishtirokida barcha zaruriy sharoitlarga ega zamonaviy dars xonalarida tashkil etiladi.
Uchrashuv davomida boshqa qator masalalar muhokama qilindi hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi rejalar belgilandi.