Gulistonda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Guliston harbiy prokuraturasi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Mirzaobod tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish maqsadida o‘quvchi yoshlar uchun “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilib, ularga harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.