Hududiy yangiliklar
March 16

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va O'zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi

Xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Xamzayev ilm-fan va sport sohasida yutuqlarga erishgan buxorolik yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi

Ochiq muloqotda bugun mintaqamizda kuzatilayotgan ekologik holat, suv va boshqa tabiiy resurslarning kamayib borayotgani atrof-muhitga asrashga yanada jiddiy e’tibor qaratishni talab etishi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni asrash bo‘yicha bir qator takliflarini ham bildirishdi.