Kuch tuzilmalarida yoshlar yetakchilari bilimlarini oshirishmoqda!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashining kuch tuzulmalari va professional ta’lim muassasalari yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat kuch tuzilmalarining 25 nafar, viloyat professional ta’lim muassasalarining 50 nafar boshlang’ich tashkilot yetakchilari ishtirok etshdi.
Seminarda viloyati Kengashi raisi Sherdanaqulov Jamoliddin Tulqinovich hamda Janubiy Operativ qomondonligi boshlig‘I o’rinbosari podpolkovnik Abdurahimov Davron Olimjonovichlar tomonidan yosh hodimlarning ma’naviy yuksalishida yoshlar yetakchilarining o‘rni muhimligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, 2023 yilning birinchi yarmi davomida samarali faoliyat olib borgan kuch tuzilmalaridagi va professional ta’lim boshlang‘ich tashkilot yetakchilari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Viloyat Kengashining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 2023 yilning ikkinchi davomida amalga oshiriladigan loyihalar, tanlov va tadbirlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashinib, kelishib olindi.