Toshkent shahrida joylashgan boshlangʻich tashkiloti yetakchilari bilan oʻquv-seminar oʻtkazildi!
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan joriy yilning 5-6 oktabr kunlari Toshkent shahar yoshlar markazi hamda Bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida“Harbiy qism va muassasalarda tashkil etilgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining maqsadi va vazifalari” mavzusida oʻquv seminar oʻtkazildi.
Oʻquv seminarda Qurolli Kuchlarimiz tarkibidagi Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muasasalarda Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti yetakchisi sifatida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etishdi.
Oʻquv seminarning Toshkent shahar yoshlar markazida oʻtgan nazariy qismi davomida mutaxassislar tomonidan harbiy qism va muassasalardagi Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti yetakchilariga, mamlakatimizda “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida olib borilayotgan ishlar va dolzarb masalar yuzasidan tegishli maʼlumotlar berildi.
Bojxona institutidagi boshlangʻich tashkilot yetakchisi tomonidan Bojxona institutidagi yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining ilgʻor tajribalari, erishilgan yutuqlar, tegishli hujjatlarning yuritilishi, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib oʻzaro fikr almashildi.
Seminar yakunida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan, faol ishtirok etgan boshlangʻich tashkilot yetakchilari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.