Hududiy yangiliklar
February 20

Poytaxtda “Yoshlar festivali” tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi, Yangi hayot tuman hokimligi, Milliy kinologiya markazi hamkorligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Tinchlik taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida “Yoshlar festivali” tashkil etildi.

“Yoshlar festivali”ning tantanali ochilishida harbiy orkestrning chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi koʻrgazmasi, Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ishtirokchilarga havola etildi. Harbiy va maxsus texnikalar namoyishi va koʻrgazmali oʻquv joylari ham yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi kubogi uchun turli xildagi yakka tartibda va jamoaviy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.