Oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari hamda Yoshlar kengashi a’zolari va koordinatorlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan Oliy taʼlim muassasalaridagi Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda Yoshlar kengashi aʼzolari va koordinatorlarining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda dastlab ishtirokchilarga ularning faoliyat jarayonlarida zarur bo‘ladigan meʼyoriy huquqiy hujjatlar tanishtirildi va yuritish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shu bilan birgalikda, "Media savodxonlik" mavzusida seminar ishtirokchilarining media savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishlari bo‘yicha nazariy bilim va ko‘rsatmalar berildi.
Seminar so‘ngida yoshlar yetakchilari va Yoshlar kengashi aʼzolari hamda koordinatorlari uchun shu kabi o‘quv-seminarlar davomiy tashkil etilishi kelishib olindi.