February 6

"Harbiy qismda bir kun" loyihasi Qashqadaryoda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi bilan hamkorlikda Nishon tumani joylashgan harbiy qismlardan birida yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida "Harbiy qismda bir kun" loyihasi tashkil etildi.

♾ Loyiha doirasida TATU Qarshi filiali talabalari hamda viloyat sardorlari harbiylarning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiylar va yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, turli madaniy va ma'rifiy tadbirlari yoshlarning harbiy sohaga qiziqishlarini yanada ortdirdi.