Hududiy yangiliklar
August 10, 2023

Surxondaryo hokimi yoshlar bilan uchrashdi!

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etishib, o‘zlarining murojaat va takliflarini bildirishdi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqot davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddat bilan vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tadbir davomida 26 nafar yoshga o‘zini o‘zi band qilishlari uchun tikuvchilik dastgohi, sartaroshlik jihozlari, payvandlash uskunasi hamda 30 nafar talaba yoshlarning kontrakt pullarini to‘lash uchun 100 mln so‘mlik, 10 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berish uchun 30 mln so‘mlik sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda “Sea Sun Festival” xalqaro tanlovi g‘olibi Charos Absoatovaning ijod namunalaridan tinglandi. Yosh, iqtidorli musiqachiga viloyat hokimligining sovg‘asi topshirilib, kelgusida ham jahon sahnalarini zabt etishi uchun omadlar tilandi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
Telegram \ Instagram \ Facebook