“Yoshlar — kelajak bunyodkori”: ochiq muloqot va e’tirof
🆔 O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yosh xodimlari, vazirlikka biriktirilgan yoshlar hamda mahalliy yosh tadbirkor-eksportchilar ishtirokida “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida ochiq muloqot tashkil etildi.
💬 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlari ishlari agentligi direktori hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka qiziqishini oshirish, investisiyalar va eksport imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
💳 Tadbir yakunida vazirlikning eng faol yosh xodimlari, vazirlikka biriktirilgan yoshlar hamda mahalliy yosh tadbirkorlarga tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining asoschisi Zafar Hoshimov “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🔎 Ushbu ochiq muloqot yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularning yangi g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘ldi.