Surxondaryoda “Boburnoma bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Termiz garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va viloyatdagi Kuch tuzulmalar bilan hamkorlikda "Boburnoma bilimdoni" intellektual o'yini bo'lib o’tdi. Intellektual o‘yinda viloyatdagi 5 ta Kuch tuzulmalardan 6 nafardan yosh harbiy xizmatchilardan tashkil topgan jamoalar "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi kubogi" uchun baxs olib borishdi. Murosasiz kechgan o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni DXX Chegara qo‘shinlari, 2-o‘rinni viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi va musobaqaning mutloq g‘olibi bo'lgan holda 1-o‘rinni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi egallab "O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi kubogi"ni qo‘lga kiritdi.