Hududiy yangiliklar
April 6

Toshkent viloyatida “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, keksalarni e’zozlash, ertamiz egalarini barkamol qilib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida e’tibor qaratilayapti.

Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash har birimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligini keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida Zangiota tumanida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabda "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.