October 7, 2023

Qarshidagi 7-maktabga 2000 ta kitob va zamonaviy kompyuterlar sovg'a qilindi!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Makraziy Kengashi raisi Temur Poyonov bugun Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib, maktab o'quvchi va o'qituvchilari hamda sardorlar bilan uchrashdi.

Maktabga O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2000 ta kitoblar hamda 10 ta kompyuterlar topshirildi. Yoshlar yetakchisi ushbu sovg'alarni topshirishga bag'ishlangan tanatanli tadbirda ishtirok etib, muassasaning fidokor o'qituvchilariga o'z minnatdorchiligini bildirib, maktab o'quvchilariga tashkilot nomidan ushbu sovg'alarni topshirdi.

Ushbu ta'lim muassasaida bugungi kunda 1000 nafarga yaqin o'quvchilar ta'lim oladi, endilikda maktabda o'quvchilar 5000 dan ortiq kitob fondiga ega kutubxona va zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan axborot resurs markazidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Respublikamiz bo'ylab ta'lim tizimini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shishda davom etadi.