Toshkent viloyatida xizmatchilar o‘rtasida "zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati bo‘limi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini yanada oshirish, ularning kasbiy saviyasini yuksaltirish, shuningdek harbiy xizmatchilarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy me’roslarini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida “A’lo mamlakatning a’lo farzandlari bilib qo‘yginki, seni Vatan kutadi!” shiori ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi kubigi uchun “zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘yin natijalariga ko‘ra:
faxrli birinchi o‘rin –Jamoat xavfsizlik universitetining “Bumerang” jamoasiga;
ikkinchi o‘rin – Mudofaa vazirligiga qarashli “Qalqon” jamoasiga nassib etgan bo‘lsa;
uchinchi o‘rin – Mudofaa vazirligi Axborot-komunikatsiya va aloqa harbiy inistitutining “Bumerang” jamoasiga nassib etdi.
O‘tkazilgan tadbirda 130 dan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.