"Ko‘pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan "Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Respublika "Ko'pkurash" harbiy vatanparvarlik sport musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning viloyat bosqichida jamoalar tezkor savol-javob bahsi, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari bo‘yicha bahs olib borishdi.
Bahslarda musobaqaning tuman-shahar bosqichlarida g'olib bo'lgan jamoalar o'zaro bellashdi. Murosasiz kechgan musobaqaning Toshkent viloyati bosqichi yakunlariga ko'ra Ohangaron tumani 1-sonli kasb-hukanr maktabining “Energetik” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G'olib jamoalar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi "Energetik" jamoasiga musobaqaning respublika bahslarida omad tilaydi!