Hududiy yangiliklar
February 7

Namanganda "Jadidlar" musobaqasi o‘tkazildi

Namangan tumanidan tashrif buyurgan maktab o'quvchilaridan iborat 17 ta jamoalar bugun "Jadidlar" musobaqasining (D) guruh saralash bosqichida o'zaro bellashishdi.

O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’quvchi yoshlarga jamiyat va davlatda munosib o’rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlar yaratish borasidagi jadidlarning firklarini tajriba maktabi sifatida o’rgatish hamda taraqqiyparvar jadidlar haqida bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Jadidlar" musobaqasining (D) guruh yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi 5 ta jamoa eng yuqori natijalar bilan final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Namangan tuman 32-maktab, Namangan tuman 31-maktab, Namangan tuman 23-IDUM, Namangan tuman 19-maktab, Namangan tuman 11-maktablar.

Saralash bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarga omad tilaymiz, tez kunlarda musobaqaning final bosqichi bo'lib o'tadi.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, tarixni o'rganib kelajak sari dadil qadamlar tashlash vaqti keldi!