Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan, viloyatda joylashgan harbiy qism muassasalardagi boshlang'ich tashkilot yetakchilari uchun o'quv-seminar tashkil etildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida harbiy qism va muassasalardagi 30 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminar davomida Kuch tuzilmalaridagi yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori, Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston-2030 strategiyasi mazmun-mohiyati, yetakchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangicha metodikalar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar Qurolli Kuchlar tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek o‘tgan 9 oy davomida yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda yil yakuniga qadar yosh harbiy xizmatchi va hodimlar o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar ishlab chiqildi.
Kunning ikkinchi qismida seminar ishtirokchilari bilan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yosh harbiy xizmatchlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi misolida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Yuqori natijalarni ko‘rsatgan hamda o‘quv-seminarida faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan sertifikatlar topshirildi.