Hududiy yangiliklar
October 26, 2023

Yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Kamondan otish” sport turi bo'yicha  musobaqa o‘tkazildi.

Kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Kamondan otish” sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish professional va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda ommaviy sport tadbirlarini rivojlantirish, jismoniy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lib qolgan kamondan otish anʼanalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi va Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar, xodimlar va IIV akademik litseyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi sovrini uchun sportning “Kamondan otish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlar, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlar yosh harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa davomida harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘zlarining bilagidagi kuchi va nechog‘lik sport bilan shug‘ullanishlarini yaqqol namoyon etishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni IIV akademik litseyi tarbiyalanuvchisi Asliddin Sariboyev, 2-o‘rinni FVB harbiy xizmatchisi Axrorjon Amonov, 3-o‘rinni Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi safdori To‘lqin Safarovlar qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashining medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqada 50 ga yaqin ishtirokchilar qamrab olindi.