December 9, 2020

8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolari tashabbusi va ishtiroklarida joylarda turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

1. Xurshid To'xtayev

📆 Joriy yilning 5-dekabr kuni Vobkent tumanidagi 32-umumiy oʼrta ta’lim maktabida 8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yiligi munosabati bilan “Konstitutsiya – islohotlarning asosi” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

♻️Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi U.Qayimov, tuman Adliya boʼlimi boshligʼi J.Qandov, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti ma’naviyat-ma’rifat va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari qo‘mitasi a’zosi Xurshid Toʼxtayevlar ishtirok etdi.

⚜️Masʼullar tomonidan asosiy qomusimizning xalqaro inson huquq va manfaatlariga bevosita mos ekanligi ta’kidlanib, tadbir ishtirokchilariga qo‘shimcha bilimlar berildi hamda oʼquv yili davomida sport, fan, ta’lim yoʼnalishi boʼyicha yutuqlarga erishgan bir qator yoshlar taqdirlandi.

2. Nodirbek Murodov

📝 Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tashabbusi bilan "Konstitusiyaning yoshlar hayotidagi o‘rni" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

♻️Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

🎉Shuning bilan birga, Yoshlar parlamenti a’zolari ham so‘zga chiqib, ishtirokchilarni Qomusimizning 28 yilligi bilan qutlashdi va uning ahamiyati, mohiyati haqida fikr-molahaza bildirishdi.

Keyingi oʻrinlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Maʼnaviyat-maʼrifat va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari qoʻmitasi aʼzosi Nodirbek Murodov ham soʻzga chiqib, konferensiya qatnashchilarini Bosh qomusimizning 28 yilligi bilan muborakbod etib, konstitutsiyamizning xalqaro inson huquqlariga bevosita mutanosibligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirdi.

3. Olimbek Tursunov

Joriy yilning 3-dekabr kuni Andijon tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan yakka tartibda uy ta’limi olayotgan yosh o‘quvchilar taqdirlandi.

"Eng avvalo, bu bolajonlar butun o‘zbek xalqi uchun sharaf va namuna bo‘lmog‘i lozim. Imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan ushbu yoshlar kelgusida albatta yetuk kadrlar bo‘lishadi. Shuningdek, shu sharoitlarni uyda yaratib berayotgan ota-onalar va ta’lim berayotgan ustozlarga doim ta’zimdamiz" – deydi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Olimbek Tursunov.

Bizni kuzatishda davom eting 👇
|Facebook (https://facebook.com/yoshlarparlamentiofficial)
| Instagram (https://instagram.com/yoshlar_parlamenti_official)
| Telegram (https://t.me/Yoshlar_Parlamenti_official)
| Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCPZaVaYx8zYYVS6R3-TgMGQ?view_as=subscriber)