December 9, 2020

Yoshlar parlamentiga O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan a’zolar guruhining takliflari amalda.

Yoshlar parlamentiga O‘zMTDPdan saylangan a’zolar guruhi tomonidan milliy oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xalqaro reytinglarga kirtish masalasi o‘rganildi va tegishli axborot tahliliy ma’lumot O‘zMTDP fraksiyasiga kiritildi.

Axborot tahliliy ma’lumotda quyidagilar tahlil qilindi:

1) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar;

2) huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar;

3) xalqaro va milliy reytinglar indikatorlari;

4) OTMlarni nufuzli reytinglarga kiritish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasi.

Tahlillar natijasida milliy OTMlarni nufuzli reytinglarga kiritish yuzasidan 5 ta konstruktiv takliflar ishlab chiqildi va uning amaliyotga tadbiq qilinishida kutilayotgan natijalar asoslandi. Xususan, milliy universitetlarni jahon standartlariga moslashtirish va ularni xalqaro ta’lim muhitiga qo‘shishga qaratilgan davlat dasturini ishlab chiqish hamda ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida xalqaro reytinglarning baholash uslubi va metodologiyasini doimiy o‘rganib tahlil qiluvchi va milliy reytinglarni ularga moslashtirib boruvchi bo‘lim tashkil etish shular jumlasidandir.

Axborot tahliliy ma’lumot O‘zMTDP fraksiyasi tomonidan ma’qullandi va uning natijasida Fraksiya nomidan Oliy va o‘rta ta’lim vaziri nomiga xat chiqarildi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

|Facebook (https://facebook.com/yoshlarparlamentiofficial)
|Instagram (https://instagram.com/yoshlar_parlamenti_official)
|Telegram (https://t.me/Yoshlar_Parlamenti_official)
|Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCPZaVaYx8zYYVS6R3-TgMGQ?view_as=subscriber)