May 28, 2022

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olganlarga kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti ajratish va uni kompensasiya qilib berish tartibi

Xizmat:

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravarigacha iste’mol krediti ajratish va uning foiz to‘lovlarini kompensasiya qilib berish.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar (31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs, 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar

  1. kompyuter sotib olish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);
  2. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida sertifikat (pdf formatda).

Xizmatni ko‘rsatish tartibi:

  1. Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 60 kalendar kun mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga sertifikatni ilova qilgan xolda murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.
  2. Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YAIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida sertifikatni verifikasiyadan o‘tkazadi.
  3. Vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining ma’lumotlari to‘g‘ri deb topilganda 2 ish kunida kredit foizlari to‘lovlarini kompensasiya qilib berish to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
  4. Ma’lumotnoma olingandan so‘ng tegishli bank (AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank”, “Mikrokreditbank” ATB ) filiallari o‘zlarining ichki hujjatlarida belgilangan muddatda kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqadi.
  5. Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zaruriy summalar har oyning 25-sanasigacha Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkazib boriladi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati:

3 ish kunida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilganda 5 ish kunida)

Xizmat narxi:

Bepul

Huquqiy asos:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarori