Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo'jayevning bolalarda onkogematologik kasalliklarning profilaktikasi, kelib chiqish sabablari, oqibatlari hamda ularni davolash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida murojaati
Assalomu alaykum Hurmatli hamshaharlar!
Oxirgi yillarda biz inson salomatligi naqadar qadrli ekanligini va tibbiyot sohasini muhimligini tushunib yetdik.
Davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyotning har bir yo‘nalishi alohida muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.
“Ochiq muloqotdan” keyin 10 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.
Joriy yil 1 yanvardan boshlab Bolalar gematologiya va onkologiya markazi faoliyatini boshladi.
Bir yil oldingi holatni eslaydigan bo‘lsak:
- poliklinika va stasionar xizmat kattalarga ham bolalarga ham bir joyda ko‘rsatilgan.
- 15 kv.metrli xonada 3-4 ta bemor yotgan.
- dori ta’minoti 20-30 foizdan oshmagan.
Bugun, Bolalar uchun alohida markaz tashkil etilib, o‘rinlar soni 85 tadan 160 taga yetkazildi.
Markazning yangi binosida bemor bola va uning ota-onasiga alohida shart-sharoitlar yaratib berildi.
Markazga 14 turdagi asbob-uskunalar yetkazib berildi va yil yakunigacha 67 turdagi jihozlar bilan ta’minlanadi.
Gematologiya xizmati uchun faqatgina dori-darmon uchun ajratilgan mablag‘ qariyb 60 baravar oshib, 170 milliard so‘mga yetdi.
40 o‘rinli “Mehrli maktab” tashkil qilindi va 1-11 sinf o‘quvchilariga 12 ta fan va qo‘shimcha to‘garaklarda ta’lim berilmoqda.
Bugungi kungacha markazda davolanayotgan bolalardan 92 nafariga ta’lim berildi.
Shuningdek 78 nafar 2-7 yoshgacha bolalarga “Ilk qadam” bog‘chasida tarbiyalandi.
Shu bilan birga, bolalarimizda onko gematologik kasalliklarni va boshqa nasldan naslga o‘tadigan xolatlarni oldini olishda va ularni erta aniqlashda xali ancha ishlar qilishimiz kerak. Bola sog‘lom tug‘ilishi va rivojlanishi uchun avvalom bor ona sog‘lom bo‘lishi kerak.
Shuning uchun xam “Onalik va bolalikni muhofazasi” tibbiyotni eng ustivor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu yo‘nalishda poytaxtda joylashgan polikliniklarda bolalar bo‘limlari alohida tashkil etildi.
Har bir tuman-shaharlarda “Ayollar maslahatxonasi”, tug‘ruq komplekslari va perinatal markazlarda har yili 250 mingdan ziyodhomiladorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va ularning yagona elektron bazasi yaratildi.
Natijada, oxirgi besh yil davomida onalar go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlari sezilarli kamaydi.
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hali oldimizda o‘z yechimini kutayotgan masalalar ham bor. Jori yilda tibbiyot muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Investisiya dasturi asosida Toshkent shahri hududida joylashgan 19 ta tibbiyot muassasalari ob’yektlariga
350,2 mlrd.so‘m ajratilgan.
Shundan Respublika tasarrufidagi Sog‘liqni saqlash -9 ta ob’yektiga -215,2 mlrd.so‘m, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi muassasalariga - 10 ta ob’yektga -135,0 mlrd.so‘m.
Tibbiyot muassasalrining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Toshkent shahrida qon donorligini targ‘ib qilish, “Qon preparatlari” IICHK faoliyatini rivojlantirish va zarur texnika bilan ta’minlash maqsadida, 1 ta mobil brigada (“Isuzu”avtobusi negizida) faoliyati yo‘lga quyildi;
Tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” rusumli va boshqa eskirgan mashinalarni zamonaviy avtomobillarga almashtirish uchun 50 ta yangi maxsus avtomashina va reanimobillar xarid qilish belgilandi;
- Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali (Shahar onkologiya dispanseri) Xalqaro atom tashkiloti bilan UZB/6/008 loyixasi bo‘yicha Terabalt SSD80 va Multisourse Bebig HDR nur beruvchi apparatlarini texnik holatini ish faoliyatida ushlab turish uchun 2,6 mlrd.so‘m ajratildi;
- Shahar 7-son klinik shifoxonasi uchun 3,47 mlrd.so‘mlik
9 turdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi va klinik shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 1 dona lift o‘rnatilishi uchun 501,5 mln.so‘m ajratildi;
- Toshkent shahridagi 7 ta tug‘ruk komplekslarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan 8,2 mlrd.so‘mlik 95 dona tibbiy-asbob uskunalar bilan jihozlashni yakuniga yetkaziladi.