May 27, 2022

«Temir daftar», «Аyollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun subsidiya

Imtiyoz tavsifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoni bilan iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kambag‘allikni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishning poydevorini yaratishga doir tadbirlar belgilangan.

Jumladan, ishsiz a’zolari bor oilalarga, jumladan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun:

dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun, shu jumladan yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish;
ajratilgan yer maydonlari sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) hamda elektr energiyasi bilan ta’minlash;
berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘, ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish;
tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratish belgilangan.

Masʼul tashkilot
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Imtiyozga daʼvogarlar
«Temir daftar», «Аyollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar

Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari
Imtiyozli toifalarga mansub shaxslar imtiyozdan foydalanish yuzasidan tuman va shahar Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlari yoki hududiy sektorlar yoki Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaatga talabgorning «Temir daftar», «Аyollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilganligini aniqlashtiruvchi shaxsiga oid maʼlumotlar yoki boshqa tasdiq ilova qilinishi lozim.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun nomzodlarning yoshi chegaralanmagan.

Imtiyozning huquqiy asosi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida»gi PF-6155-son Farmoni

https://lex.uz/docs/5260791