May 31, 2022
Magistraturada oʼqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʼlovlari qoplab beriladi.
Imtiyoz tavsifi
Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida oʼqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʼlovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat byudjetidan har yili kamida 200 milliard soʼm moliyalashtiriladi.
Masʼul tashkilot
1. Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi
2. Moliya vazirligi
Imtiyozga daʼvogarlar
Davlat oliy taʼlim muassasalarida magistraturaga kontrakt asosida oʼqishga qabul qilingan barcha xotin-qizlar
Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2022 yildagi PF-87-sonli Farmoniga muvofiq
Imtiyozning huquqiy asosi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF–87-son, 07.03.2022 y.)