[Revenge]
"Nafrat ortidan barpo qilingan muhabbat"
1—bob
Author: Aiko Taka
Yaponiya ko'chalari. Hamma yosh qizaloqlar orzu qilganday malikalar shahri emas aksincha qonxo'rlar shahri edi. Yillar davomida bu yaponiya bu dunyo kuchli mafialar oilasi "Takahashi" larga qarashli edi. —Takahashi—har bir inson bu familyani eshitganda zir titrar yuragi urushdan toxtar edi. Takahashilar oilasining uch egizak merosxo'r qizlari bor edi. Ha qizlari! Avvaliga hamma bu gapga kular edi, lekin ularning otasi bu uch qizni huddi erkak qilib tarbiyalagan edi. Hozirda 3 qiz 3 tomoni egallagan edi. Eng kichigi "Korea" da, o'rtaschasi "Thailand" da, eng kattasi yaponiyada otasining yonida edi.
[Takahashilar xonadoni]
—ertagayoq Koreaga boramiz singilaringni ham ogohlantir erta tongda bizni kutib olishsin—erkak gapini tugatgach yonida o'tirgan qiziga boqdi.
—nima sabab ota?—qizning ovozidan merosga loyiq farzand ekani shundayin ayon bo'b turar edi.
—Aiko shunchaki topshiriqni bajar—erkak shu gapni aytdida o'rnidan turib zinalardan o'z xonasi tomon ko'tarila boshladi.
—ah lanati qoyil Aiko huddi u senga hammasini aytadiganday so'rading barakalla—qiz o'zini koyigancha telefonini olib singlisiga qo'ng'iroq qildi.
[Aloq]
—hoo opajonim meni eslab qoliptilarmi—kulgancha dedi.
—Riko asabimga tegma, hoziroq koreaga bor Kiko bilan ham gaplash ertaga tongda 10:00 da otamiz bilan biz ham boramiz—qizning bu gapidan narigi tomon bir muddat jim bo'lib qoldi.
—yaxshi—Riko shunday deya aloqaga nuqta qo'ydi.
[Korea 10:00]
—ular nega kelishayotganligini aytishmadimi—dedi Takahashilarning kichigi
Ikki qizning etibori ular tomon kelayotgan otasi va opasiga qaratildi. Ulardan qon ifori taralar ularning atrofida to'la sohchilar edi.
—hush kelibsiz otajon—dedi tazim qilgancha ikki egizaklar. Erkak ularga etibor bermay mashina tomon yo'l oldi. Aiko ikki singlisiga ko'zoynagi tegidan qaradida u ham mashina tomon yo'l oldi.
[Restaran]
Takahashilar eng qimmat restaranga kelib kimnidir kuta boshlashdi. Restaranda mayin musiqa yangrar, gullar ifori taralib turar edi. Uch qiz shunchaki otasini jim so'z boshlashini kutishar edi.—ular kelishdi janob—eshik ochilib 3ta yoshi katta erkak va 3 yosh yigitlar kirib stol atrofiga joylashishdi.
—davlatimizga hush kelibsiz Janob—bir yoshi katta erkak biroz tazim qilgancha gap boshladi.
—hush ko'rdik janob Min—dedi sovuqon ovozda.
—ular o'zligini tanishtirishadimi yoki taklifnoma kerakmi?—erkakning qo'pol ovozi restarani egallab oldi ikki yoshi katta erkak yonida o'tirgan yigitlarga qarashdi.
—Kim Taehyung Kim oilasining yakka farzandi janob—tazim qilgancha.
—Park Jimin Park oilasining to'ng'ichi—tazim bilan.
—Jeon Jungkook Jeon oilasining kichik farzandi— tazim bilan. Erkak uch yigitni sinchkovlik bilan o'rganib chiqdi. Ular juda ham kelishgan, bo'yi baland va mafia ekani ko'rinishidan malum edi.
Janob Takahashi qizlar tomon qarab qo'ydida qizlari huddi tushunganday o'rinligidan turishdi.
—Aiko Takahashi—tazim qilgancha.
—Riko Takahashi—tazim qilgancha.
—Kiko Takahashi—tazim qilgach erkaklar va yosh yigitlar hayron qolishdi.
Ular qanchalik dunyoning havfli insonni bo'lishiga qaramay hurmatni joyga qo'ygancha joyligidan turib ko'rishdilar va asta joyligiga qayta joylashishdi.
—Janob sizlar bilan boshqa xonada gaplashamiz—janob Takahashi turar ekan qizlar va sohchilar ham ketligidan turishdi buni ko'rgan erkak va yigitlar hurmatni ko'rib yana bir bora hayratda qolishdi. Uch erkak Janob Park, Kim, Jeon 3 erkak Janob Takahashi izidan ketishdi. Restaran ichida 3 qiz va yigit qoldi.
Aiko joyiga joylashishi bilan boshini orqaga qilgancha ko'zini yumib hayolariga cho'mdi.
—opajonim balki otam bilan nega kelganingizni aytarsiz—ohiri chiday olmay gap boshladi Kiko. Qizdan sado chiqmagach foydasi yo'qligini tushungach jim o'tirdi.
—Kiko sen undan ko'ra o'zingni o'yla—dedi ayyorona kulgu bilan Riko
—nima demoqchisan—qoshini chimirib Rikoga yuzlandi.
—bo'yningdagi iz ahh otam ko'rsalar hayot bilan hayirlash—telbalarcha kuldida qadahidan bir ho'plam viskidan totdi.
—hoy asabimga tegma—ovozini balandlashtirib Rikoga jahil bilan qarab turdi. Ularni 2 yigit qizlarni tortishuvini tinglar 3 yigit esa boshini orqaga qilib yotgan qizni kuzatar edi.
—jk pov— "juda ham latofatli qandaydir olov yonyapti, nega u bunchalar o'ziga chorlayapti.
—ikking ham jim bo'l—qiz ohiri chiday olmay boshini ko'tarib ko'zlarini qo'li bilan shiqalab gap boshladi.
—Kiko otamni bilasan u menga hamma narsani ham aytmaydi, keyin bo'yningdagi iz....mana shu olifta qilgan shunday emasmi—aiko gapiriv nigohini Taehyung tomon qaratdi. Hamma hayratda qoldi.
—opa nimalar deyapsan—qiz qoshini chimirgancha gapirdi.
—sen ikking otamizni kim ekanini unuting, nima bo'yningdagi izni sezmadi deb o'yladingmi? Yoki sen Riko Thailandda boshlagan ishingni otam bilmaydi deb o'ylaysanmi—qiz hotirjamlikni yoqotmaslikga harakat qilib singillari qarab qo'ydi. Aiko haq edi, otasi bekorga ularni bu yerga chaqirmagani aniq edi. Yigitlar qizdan ko'zini uzushmas edi.
—Aiko—eshik tomondan Erkaklar yana qayta kirishdi. Qizlar o'rnidan uchib turishdi, otasi joyiga joylashga o'tiringlar deganday ishora qilgandan keyin stol atrofiga joylashdilar.
—Demak hammasi hal Janob Kim yaqinda farzandlarimizning to'yi bo'ladi—janob Tahakashini gapidan keyin yigitlar ham qizlar ular tomonga yalt etib qaratishdi. Janob Kim boshini biroz ekgancha buni tasdiqladi.