Tugallanmagan hikoya
Kanal : https://t.me/mening_binafsham
Muallif: ....
Tugallanmagan hikoya💗
1. Eclipse of the Heart (Baxt va qayg‘u o‘rtasidagi to‘qnashuv).☂️
Tanishtiruv💞
1-qism💜
Plano, Texas
Dallasning shimolida joylashgan Plano yuqori daromadli oilalar va past jinoyatchilik darajasi bilan ajralib turadi.Scottsdale, Arizona
Feniks yaqinidagi bu shahar yuqori daromadi bor oilalarni o'z ichiga oladi.
Har Kuni Bir hil bo'lgani kabi bugun ham velosipedimda pleyerimda menga o'zgacha zavq bag'ishlaydigan shovqinli musiqamni tinglab ketayabman.Mening bu odatim hech ham yo'qolmagan.Men buni yoqtiraman.Velosipedim ham juda chiroyli uslubda bo'yalgan. Men bo'yashni chizishni va bo'yoqlarni tushunmayman.Lekin menga yorqin va jalb qiluvchi ranglar va narsalar yoqadi.Bu velosipedimni men uchun yangi akam Aniqrog'i o'gay akam bo'lgan Rael Xyden o'zining mahorati bilan yorqinlashtirb berdi.U rassom va judayam yaxshi yigit.Baqirsam ham sho'xliklar qilsam ham bariga tabassum bilan javob beradi. Tanishganimizga 4 yil bo'ldi. 4yil avval mening dadam va uning onasi turmush qurdi.O'gay onam Elena ham yaxshi ayol.Biz ular turmush qurgandan buyon Bir Marta ham janjallashmadik yoki Bir birimizga yomon munosabatda bo'lmaganmiz.
Men dadam bilan birga yashayman va men bilan birga akam yo'q u Rael emas egizagim Felix Renard ham bor.To'g'ri u bilan Bir biriga o'xshamagan egizaklarmiz ko'rinishimiz yoqtirishimiz qiziqishimiz ham boshqa.Felix odatda tez tez onamning oldiga ketadi.Onam Fransiyalik ayol va modani yaxshi ko'radi. Onam va Dadam Bir birini sevib Turmush qurishgan . Ular atigi 18 yoshda bo'lgan. Men va Felix muhabbatdan paydo bo'lgan mevamiz.Lekin yillar davomida onam bu yerlarga ko'nika olmadi.Tez tez Fransiyaga bobomning uyiga ketardi.Uyimizda ko'p bo'lmagan.10 yoshimda dadam bilan yaxshi munosabatda ajrashishdi.Hozir ham yaxshi munosabatda akam va mening kelajagim uchun muloqot qilishadi. akam Felix ham onamning erkak versiyasi modaga qiziqadigan doim klassik uslubni sevadigan yigit. Mendan farqli o'laroq. Lix Liliana Jay James bu men.To'g'ri ismim biroz uzun lekin o'zimga yoqadi.Menga dadam Lix(Liksi) ismini bergan akam Felix kabi egizak bo'lganimiz uchun lekin onam Liliane ismini bergan.Akam onamning familyasini men esa dadamning familyasini olganman. Men dadamga o'xshayman. Yorqin yaltiroq ranglarni yoqtiraman.Qizil jacket va jinsi shim kiyishni yoqtiradigan odatim ham dadamdan o'tgan. Felix onamning versiyasi bo'lsa men dadamniki edim.
Bugun yig'ilish bor deb aytganim Akam Felix uyga qaytyabdi.Bizda odat bor oilaviy yig'ilish va bayram bo'lishi shart.Ha yana menga Tezroq uyga qaytishimni o'gay akam Rael aytgan edi.Akam kelayotgani uchun.Rael ham biz bilan yashaydi.U 16 yoshda mendan atigi 2 Yosh katta.Otasi arxitektor bo'lgan va qanaqadir katta loyiha ustida ishlayotib qurulish bo'layotgan hududda baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.Akam ha men uni akam sifatida qabul qilganman.Rael otasini ko'rmagan u dunyoga kelishidan oldin u bu dunyodan ketgan va Rael dadamni juda yaxshi ko'radi. Dadam ham uni qabul qilgan Ba'zida hayron qolaman Rael emas biz dadamga o'gaymikanmiz deb lekin uni ham tushunish kerak 12 yil otasiz yashash. Dadam uchchalamizni ham yaxshi ko'radi lekin baribir Felix va Men boshqamiz. Qonidan bo'lgan merosxo'rlar. Dadam Raelni yaxshi ko'radi lekin Rael dadamni kuchli yaxshi ko'radigan kabi emas.Xo'sh vanihoyat mana men ham uyimga yetib keldim.
U kelibdi mening ahmoq egizagim Felix.
14 yoshli shahzoda Negaki u Onam yolg'iz farzand bo'lgani uchun Bobom Robert Renard men va Felixni merosxo'r qilgan. Bu yerda ham dadamning merosxo'rlari bizmiz. Bizlar Tom ma'noda yoqimli shahzoda va qo'pol malika kabimiz.Naslimiz aslzodalardan va hech qachon qiyinchilik ko'rmaganmiz.Urush janjallar ham bizga begona.
-Felixxxxx aaaahhhhh Jin ursin! Bular nima onam senga yana Bir dunyo narsalar olib berdimi?Yaramas
-Lily odobsizlik qilma! Avval akang bilan salomlashmaysanmi? Ahvollaring qanday singiljon? Mensiz zerikmadingmi?
-Mening ablah akam hamma sovg'alar sen uchun doim hah! Yana sen mendan atigi 30 daqiqa avval dunyoga kelgansan.
-Liliane singiljonim.Buning farqi yo'q nima bo'lsa ham akangman.Va seni nima bo'lsa ham yaxshi ko'raman O'zimning tikanli go'zal gulg'uncham.
Onam va bobom senga ham sovg'alar berib yuborishdi.Sen sevgan O'sha ahmoqona jacket va .....
-Ha sen qachon qiz bola kabi kiyinasan Lily?
-Hech qachon menga o'zimning stilim yoqadi sen kabi tannoz shahzoda emasman
-Lekin sen kabi beo'xshov emas.Onamga ham hayronman yoqtiramasada senga olib beradi ahmoqona kiyimlaringni
-Chunki onam meni yaxshi ko'radi
-Salom Felix yaxshi keldingmi?
-Yaxshi faqat biroz charchadim
-Salom Dada salom Elena ahvollaringiz yaxshimi?
-Yaxshi o'zing yaxshi keldingmi o'g'lim?Janob Robert yaxshi ekanmi?
-Hammasi joyida Elena O'zingiz yaxshimisiz Tobingiz yo'q deb eshitgandim.?
-Ha biroz ishlar ko'payib holsizlanib qoldim.hozir yaxshiman
-Kasbingiz qiyin Journalist bo'lish oson emas deb o'ylayman. o'zingizni extiyot qiling. Muhimi sog'liq Elena
-To'g'ri aytasan rahmat Felix.
-Kelinglar ovqatga o'taylik bolalar.Qizim Lix sen ham kel!
-Dadaaaa men onam yuborgan sovg'alarni ko'ryabman..
-Ovqatdan so'ng seni ko'rishga va'da beramiz deya hamma Bir ovozdan gapirdi.Ular bilishadi men yangi narsalarimni maqtanishni yaxshi ko'raman va yangi kiyimlarni kiyib bularga ko'rsataman.
Tugallanmagan hikoya💜
1. Eclipse of the Heart (Baxt va qayg‘u o‘rtasidagi to‘qnashuv).💞
-Bolalar bugun ertaroq dam oling va uchchalangiz tayyorgarlik koʻring! Elena sen bolalarga yordamlash ertaga kechga qolishmasin!
-Yaxshi men o'zim nazorat qilaman
-Qayerga sayohatga ketyabmiz dada? deb so'radim qiziquvchanlik bilan
-Lix qizim
-Dada, qayerga sayohatga ketyapmiz? – deb takror so‘radim qiziquvchanlik bilan.
Dadam sekingina jilmaydi va barchamizga birma-bir qarab chiqdi. Uning yuz ifodasi juda sirli edi, go‘yo u buni oldindan rejalashtirgandek.
-Lix, qizim, bu safar ancha uzoqqa boramiz, – dedi u biroz pauza qilib. – Fransiyaga.
-FRANSIYAGA?! – deyarli baqirib yubordim hayajondan.
Ha, bu men uchun shunchaki safar emas edi. Bu erda onamning bolaligi o‘tgan, bobomning hashamatli uyi bor. Bundan tashqari, Parij – modaning yuragi! Felix ham, men ham fransuz tilini yaxshi bilamiz, chunki onam bizga bolaligimizdan o‘rgatgan.
-Ajoyib! – deb qichqirdi Felix ham, lekin uning ko‘zlari mendan farqli ravishda sokin va mulohazali porlardi. – Bobom bizga qandaydir syurpriz tayyorlagandir?
-Juda to‘g‘ri topding, o‘g‘lim, – dedi dadam Felixga qarab. – Robert sen va Lixni rasmiy ravishda oilaviy biznesga tanishtirmoqchi. U siz bilan alohida gaplashmoqchi.
Men bir lahzaga sokin tortdim. Oilaviy biznes?! Bu meni unchalik qiziqtirmaydi-ku! Meni modalar uyi, dizayn yoki san’at qiziqtiradi, lekin biznesga qiziqmayman...
Felix esa aksincha, hech qanday hayrat yoki norozilik bildirgani yo‘q. U doim jiddiy, og‘ir fikrlaydigan va har doim onamning qarashlariga yaqinroq bo‘lgan. Balki u rostdan ham oilaviy merosimizni davom ettirishga tayyordir?
-Rael, sen ham biz bilan borasan, – dedi dadam unga qarab.
-Ba’zida o‘gaymikanmiz, deb o‘ylashim bejiz emas ekan, – dedi Rael hazilomuz ohangda. – Lekin, rosti, bu juda kutilmagan yangilik bo‘ldi.
-Elena, sen-chi? – so‘radi dadam unga mehr bilan qarab.
-Men bormayman, – dedi Elena muloyimlik bilan. – Ishim ko‘p, jurnalistika bu safarlarga to‘la hayot, lekin baribir hamma joyga borolmayman. Siz bolalar bilan yaxshi hordiq chiqarib keling.
Men ich-ichimdan hayajonlandim. Fransiyaga sayohat – bu faqatgina yangi joylar emas, balki yangi imkoniyatlar degani. Lekin bu safar mendan nimanidir kutishayotgandek edi…
Ushbu safar men uchun oddiy ta’til bo‘lib qolmaydi. Men buni yuragim bilan his qilyapman.