January 31, 2025

O'zbekistonning asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari tahlili, O'zbekiston barqaror o'sish mezonlariga javob beradigan rivojlangan mamlakat bo'lishi uchun qanday iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishimiz kerak.     

QUVONDIQOV SARDOR 207-guruh

Mamlakatimiz Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan beri iqtisodiy rivojlanish yoʻlida izchil harakat qilmoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda investitsion muhit yaxshilandi va xalqaro savdoni liberallashtirish boʻyicha sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatimizda barqaror iqtisodiy oʻsishga erishib, rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olish uchun hali koʻplab muhim islohotlarni amalga oshirishi kerak. Men ushbu esseda mamlakatimizning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilaman va mamlakatimizni rivojlangan davlatga aylantirish uchun qanday islohotlar zarurligi muhokama qilib o'taman. Buning uchun quyidagi savollarga javob topishimiz zarur. Makroiqtisodiyot nima? Mamalakatimizning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili? Mamlakatimiz rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun zarur iqtisodiy islohotlar?

Makroiqtisodiyot - bu iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb o'rganuvchi iqtisodiyot nazariyasining bir bo'limi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan ko'rsatkichlar tizimi, ya'ni milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat, davlat va xususiy investitsiyalar yig'indisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi xo'jalik jamlanma, umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar makroiqtisodiyot o'rganadigan obyektlar hisoblanadi. U o'z ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holatini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni koʻrib chiqamiz:

Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjatiga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,6-5,8 foiz, inflyatsiya darajasi 8-10 foiz darajasida rejalashtirilgan. Asosiy moliyaviy hujjatga ko‘ra, mamlakatimizni rivojlantirishning 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi hamda 2025 va 2026-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari iqtisodiyotning sanoat va iqtisodiyot tarmoqlarida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish dinamikasini ko‘rsatmoqda. 2025-yildagi mamlakatimiz makroiqtisodiy ko'rsatkichlari muhokama qilindi.

Quyida Pirezdentimiz Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo'ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari yuzasidan o'tkazgan yig'ilish haqida so'z boradi. Jahondagi qiyin vaziyatga qaramasdan, ichki imkoniyatlarmizni ishga solish hisobiga, o‘tgan 9 oyda mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oshdi. Yil yakunigacha kamida 6 foiz o‘sish kutilmoqda. Oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz o‘sdi. Dunyoning nufuzli reyting agentliklari ham mamlakatimizning reytingini barqaror saqlab qolayotganini ijobiy baholayapti. Tashqi investorlarning ishonchi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylashtirildi. Bularning natijasida joriy yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshadi. Eksport qariyb 19 foizi o‘sishi kutilayapti. Umuman, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki faol investitsiya siyosati va islohotlar hisobiga mamlakatimizda kelgusida ham barqaror iqtisodiy o‘sish saqlanib qolishini tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, dunyo bozorlarida raqobat kuchayib, xomashyo narxlari tez-tez o‘zgarayotgan hozirgi sharoitda sanoat va eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirish shartligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish orqali emas, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt va yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish hisobiga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa hamkorlardan jalb etilgan imtiyozli mablag‘larning samaradorligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda 2025-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rejalar ham ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun quyidagi asosiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish zarur:

Xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiy erkinlikni oshirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va bozor raqobatini kuchaytirish,monopoliyalarning oldini olish va kichik hamda oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish, sanoatni diversifikatsiya qilish va yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, yerni ijaraga berish va dehqonlarga ko'proq mustaqillik berish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, mehnat bozorining ehtiyojlariga mos ta’lim tizimini yaratish, moliyaviy sektorni rivojlantirish, bank tizimini liberallashtirish va kredit olish sharoitlarini yengillashtirish, transport va infratuzilmani rivojlantirish, yangi yoʻl va transport tarmoqlarini qurish, lojistika markazlari va xalqaro savdo yoʻlaklarini rivojlantirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish va yashil energiyaga o‘tish, korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurash, soliqlarni soddalashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozlar berish zarur deb o'ylayman.
Ushbu islohotlar mamlakatimizning jadal iqtisodiy oʻsishiga yordam beradi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqadi.