January 31, 2025

O'zbekistonning asosiy  makroiqtisodiy  ko'rsatkichlari  tahlili, O'zbekiston barqaror  o'sish mezonlariga javob beradigan rivojlangan mamlakat bo'lishi  uchun qanday iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishimiz kerak.

Yuldashev Sunnatullo 207-guruh talabasi

O'zbekiston YaIM o'sishi so'ngi yillarda barqaror ravishda davom etmoqda. 2023-yilning oxiriga kelib, o'sish sur'ati 5% atrofida bo'ldi. Bu o'sishning asosiy omillari mavjud. O'zbekiston sanoat sektorida, xususan, to'qimachilik, metallurgiya, avtomobilsozlik va energetika sohalarida o'sish kuzatilmoqda. Xizmatlar sektori ham, ayniqsa , turizm va IT sohalari, tez o'sayotgan tarmoqlarga aylanmoqda. O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlari (paxta, bug'doy, meva-sabzavotlari) yetishtilishi davom etmoqda, ammo soha modernizatsiyasi va diversifikatsiyasi zarur.

Inflatsiya va narxlar barqarorligi

O'zbekistonda inflatsiya darajasi 2023-yilda 8.77% ni tashkil qildi. Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda, bu daraja nisbatan yuqori, ammo inflatsiyani nazorat qilish uchun Markaziy bank tomonidan ko'plab chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Shu bilan birga narxlar barqarorligini ta'minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak.Inflatsiyani kamaytirish uchun monetar siyosatni qat'iylashtirish, pul massasi oshirishning oldini olish. Mahsulot va xizmatlar narxlarining ortiqcha oshirishining oldini olish uchun resurslar samarali taqsimlanishi kerak.Bu

Tashqi savdo va investitsiyalar

O'zbekistonning tashqi savdosi har yili o'sib bormoqda. O'zbekistonning asosiy eksport tovarlari - paxta, oltin, gaz, va metallurgiya mahsulotlari. Importni esa asosan mashina-uskunalar, texnologiyalar va kimyoviy mahsulotlar tashkil etadi. Xalqaro integratsiyada O'zbekistonning global iqtisodiyotdagi o'rni kuchayib borayotgani sezilmoqda. O'zbekistonning Yevropa, Rossiya, Xitoy va Turkmaniston bilan savdosi yaxshilanmoqda

Barqaror O'sish Mezoni

Barqaror o'sishning uchta asosiy elementi bor: iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlik

Iqtisodiy barqarorlik: Ozbekiston iqtisodiyotining o'sishi uchun energiya va tabiiy resurslardan samarali foydalanish muhimdir. Bu, ayniqsa, energetika sektori va qishloq xo'jaligida yuzaga keladigan suv ta'minoti muammolarini hal qilishda zarur. Yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish iqtisodiy barqarorlika erishishga yordam beradi.

Ekologik barqarorlik: O'zbekkiston ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun qayta tiilanuvchi energiya manbalariga (quyosh, shamol) investitsiya kiritish kerak. Bu, nafaqat ekologik holatni yaxshilaydi, balki energiya ta'minotining diversifikatsiyasiga olib keladi. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, organik dehqonchilik rivojlantirish va pestitsidlarni kamaytirish orqali tabiiy muhitni himoya qilish kerak.

Ijtimoiy barqarorlik: O'zbekistonda yoshlar, ayollar va qishloq joylaridagi aholining ish bilan ta'minlashini yaxshilash kerak. Shu bilan birga mehnat bozorining barqarorligini ta'minlaydi. Ta'lim tizimini yanada rivojlantirish va sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni rivojlantirish, jamoat salomatligini yaxshilaydi.

Iqtisodiy islohotlar

Sanoatni diversifikatsiya qilish: IT, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya va yangi materiallar ishlab chiqarish sohalariga investitsiyalar kiritish zarur. Bu nafaqat iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi, balki yangi ish o'rinlarini yaratadi. Bundan tashqari O'zbekiston o'zining tabiiy resurslarini (paxta, oltin, gaz) nafaqat xom-ashyo sifatida eksport qilishni, balki undan yuqori qo'shilgan qiymati mahsulotlar (to'qimachilik sanoati, metallurgiyasanoati) ishlab chiqarishni ko'paytirish kerak.

Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish: O'zbekiston suv ta'minoti modernizatsiya qilish va suv tejash texnologiyalarni kengaytirish zarur. Bu, paxta va bug'doy yetishtirishda samaradorlikni oshirish. Bundan tashqari fermerlar uchun kredit va texnologik yordam berish islohotlar olib borilmoqda va bunda fermerlarga raqamli platformalar orqali tarmoqga ulanish, yangi texnologiyalarni taqdim etish va moliyaviy yordam ko'rsatish

Ta'lim va ilm-fan: O'zbekistonda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim. Innovatsiyalarni rivojlantirish uchun ilmiy-texnologik parklar va startaplar uchun sharoitlar yaratish kerak. O'zbekiston xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy ilmiy yutuqlarni mamlakatda joriy etish, bu esa yangi texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish uchun iqtisodiy islohotlar tizimli va har tomonlama amalga oshirilishi kerak. Yaxshi ishlab chiqarish sanoat, qishloq xo'jaligi, ta'lim va ilm-fan sohalaridagi islohotlar, shuningdek, barqaror iqtisodiy o'sish va ekologik barqaror likni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, O'bekiston gobal iqtisodiyotda mustahkam o'ringa olib chiqish mumkin. Ushbu tavsiyalarni ko'rib chiqish, O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Hamma sohalarda birgalikda amalga oshiriladigan islohotlar o'z samarasini beradi va kelajakda O'zbekistonni rivojlangan mamlakat qatoriga olib chiqadi.