April 30, 2025

Sen Menikisan💋🪽.                6 qism⛓️🪽

U kimning qizi?”

Qorong‘i osmonda tong nuri sekin-sekin yorishayotgan, qabriston ustidan asta shamol o‘tayotgan edi. Nami asta qadamlar bilan YNning qabri tomon yurar, yuragida tinchlik emas — savollar girdobi edi.

Bu safar u yolg‘iz emasdi.

Yonida 5-6 yoshli shiringina qizaloq bor edi. Sochlari jingalak, ko‘zlari qop-qora, oppoq ko‘ylakda — go‘yo beg‘uborlik timsoli edi. Qizaloq qabrdagi gulchambar tomon bukildi.

— Bu yerda kim yotadi, opajon?

— Bu yerda… bir farishta.

Nami qizaloqning qo‘lini ushlab turarkan, orqadan tovush eshitildi.

— Sen… bu yerga yana keldingmi?

Bu Yoongi edi. Qorong‘u ko‘zlari hanuz ich-ichidan og‘rigan, ammo yuzida jim tortilgan oydinlik bor edi. U qadamlarini sekin tashlardi. Nigohi esa qizaloqqa tushdi.

Qizaloq ham unga kulib qaradi.

— Salom!

Yoongi chuqur nafas oldi. U qotib qoldi.

— Bu… bu sening qizingmi?

Nami biroz jim qoldi. So‘ng iloji boricha befarq ovoz bilan:

— Yo‘q. U mening akam Jin va kelinoyim Yura’ning qizi. Men bugun uni o‘zim bilan oldim… nimagadir u ota onasini qabrini kurgisi keldi Ular avtohalokatda haligi…

Yoongi boshi bilan tushunganini bildirdi, lekin ichida g‘alati bir tuyg‘u paydo bo‘lgandi. Qizaloqning nigohi, harakati… nimagadir yuragini siqdi. Uning beg‘ubor kulgusi Yoongining sovuq yuragiga issiqlik olib kirayotgandek edi.

Qizaloq yana gapirdi:

— O‘sha opaning rasmini ko‘rdim. Chiroyli. U sizni yaxshi ko‘rganmi?

Yoongi dovdiradi.

— Ha… juda.

Nami esa yon tomonga qarab, ohangdor tovushda pichirladi:

— Hali ham.

Ular jim turishdi. Qabr oldida uch inson — biri og‘riqda, biri savolda, biri esa hali dunyoni tushunmas, beg‘ubor nigoh bilan turardi.

Yoongi asta, sekin ohangda gap boshladi:

— Men bu qizaloqqa qarab… birinchi marta yuragimda qandaydir “umid” degan tuyg‘uni his qildim. Balki bu… YN o‘zi orzu qilgan oddiy hayot, oddiy tonglar bo‘lishi mumkin edi.

Nami unga yuzlandi.

— Balki hali ham kech emasdir.

Yoongi chuqur nafas oldi. Ammo ichidagi o‘rtovchi tuyg‘ular hanuz to‘liq dafn bo‘lmagandi. U hali ham YNning ovozini, qiyofasini unutmagandi. Lekin bu qizaloq va Nami bilan bo‘lgan har bir daqiqa, uni asta-sekin haqiqatga qaytarayotgandi.

Shifoxonaning quyi qavatida, maxfiy arxiv xonasida Yoongi nihoyat telefon ma’lumotlarini tiklashni uddaladi. Nami ham yonida edi. U ikkalasi monitor oldida sukutda o‘tirishardi.

Tizim oxirgi bo‘lib yozilgan audiofaylni ochdi.

Yoongi barmog‘i bilan “play” tugmasini bosdi.

YNning ovozi titrab chiqardi, ammo ohangida qat’iyat bor edi:

— “Men endi charchadim. U har joyda meni kuzatyapti. Har doim… u yoqadi, lekin u xavfli. Men Yoongiga hech narsa demayman. Uni bu baloga torta olmayman. J.K. menga: agar yo‘q desam, hammasini fosh qilaman, degan…”

— “Agar bu audio yozuvni kimdir tinglayotgan bo‘lsa… demak men endi yo‘qman.”

Ovoz to‘xtadi.

Yoongi titrab ketdi. Bu YNning so‘nggi ovozi edi. Bu faqat sir emasdi — bu fojiaga aylangan sevgi edi.

Nami asta o‘rnidan turib uning yoniga o‘tirdi. Sekin, uning titrayotgan qo‘liga tegdi. Yoongi ko‘zlarini yumdi.

— U meni himoya qilgan… oxirgi nafasigacha, — deya pichirladi u.

— Endi navbat sizniki. Endi siz uni himoya qilishingiz kerak. Hech bo‘lmasa, haqiqatini.

Yoongi unga qaradi. Bu qarashlar ichida faqat iztirob emas, minnatdorchilik ham bor edi.

— Men seni ham himoya qilmoqchiman, Nami.

Nami nigohini chetga oldi. Yuragi yana o‘sha so‘zlarni eshitishni kutdi — lekin ular aytilmadi.

Ertasi kuni Yoongi galereyaga bordi. U yerda bir surat devorga osilib turgan edi — YN chizgan, ammo imzolanmagan rasm. Surat fonida qorong‘i soyada turgan bir odam silueti, orqasida esa yengil yozuv:

“J.K. — Jin Kyun… men seni tanqid qilolmasdim. Chunki sen meni boshidanoq egallagan eding. Endi esa ketgin.”

Yoongi o‘sha ismni pichirladi:

— Jin Kyun… bu ism tanish. Bu… bu otamning sobiq hamkorlaridan biri edi!

U orqaga qarab yurdi. Yuragi qattiq urar, qo‘llari qaltirardi.

U Jin Kyunni esladi — u o‘z vaqtida Yoongining oilasiga tahdid solgan, so‘ngra korporatsiyadan chiqarib yuborilgan biznesmen edi. Ammo Yoongi hech o‘ylamagandi — u YNga yaqin bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini.

Shu kecha, Yoongi shifoxonaga qaytdi. Nami qizaloq bilan o‘tirardi. Ularni ko‘rib, yuragi qattiq siqildi.

Bu ikki inson — begona bo‘lishi kerak edi. Lekin ular Yoongining hayotining bir bo‘lagi bo‘lib qolgandek edi.

Yoongi yonlariga o‘tirdi, ammo qizaloqqa qarab so‘radi:

— Sen meni yaxshi ko‘rasanmi?

Qizaloq boshini qimirlatdi.

— Ha! Siz doim o‘ylagan insondek ko‘rinasiz!

Yoongi kulimsiradi, lekin yuragida boshqa savol bor edi.

— Nami… sen menga nimagadir… boshqa odamlardan ko‘ra yaqinroq bo‘lib qolding. Men buni qanday tushunishimni bilmayman.

Nami yuragini bosdi.

— Chunki men seni his qilaman, Yoongi. Har og‘riqlaringni, har titroqlaringni… lekin bu meni kuchsiz qilmaydi. Men hali ham seni qo‘llayman. To oxirigacha.

Yoongi unga yaqinroq surildi, boshini egdi.

— Balki, men seni yo‘qotishni emas, sening yuragingni yo‘qotishni qo‘rqayotganimdir.

Nami ko‘zlarini yumdi. Yuragidagi bir pardani asta ochayotgandek edi.

Shifoxonadan chiqqancha, Yoongining yuragi gupillab urar edi. Jin Kyunning ismini eshitganidan beri ko‘nglida bir noaniqlik — qorong‘i changalzor paydo bo‘lgandi.

U Nami bilan qahvaxonada uchrashdi. Qizaloq hozir ularning yonida emasdi — bu safar ular yolg‘iz edi.

— Nami, menimcha, biz haqiqiy xavfga duch keldik. Jin Kyun — otamning sobiq biznes sherigi. Men u haqida ko‘p eshitganman… lekin uni YN bilan bog‘lashim mumkinligini tasavvur ham qilmagandim.

— Demak… YN undan tahdid olgan? Nega?

— Bilmayman, lekin u YNga shunchalik ta’sir qilganki, u oxirgi nafasigacha meni aralashitirmaslik uchun o‘zini tutgan…

Ularning oralariga og‘ir sukunat cho‘kdi.

Shu payt, qahvaxona eshigi ochildi. Ichkariga qora kostyumda, ko‘zoynak taqqan bir odam kirdi. Nami bilan Yoongi unga qarab qotib qolishdi — u to‘g‘ri ularning stoliga yo‘l oldi.

Yoongi asta o‘rnidan turdi.

— Siz… Jin Kyunsizmi?

Odam yuzida beparvo tabassum bilan javob berdi:

— Men faqatgina ogohlantirish beraman. Sirlarni o‘ynash yaxshi emas, Min Yoongi. Ayniqsa… o‘lik odamlarning sirlari bilan.

Yoongi yuragini siqib, unga tik qaradi.

— YN sizdan qo‘rqardi. Endi biz sizdan qo‘rqmaymiz.

Jin Kyun sekin orqaga yurdi, ammo chiqib ketishidan oldin so‘z qoldirdi:

— Balki siz qo‘rqmassiz… lekin atrofdagilar… siz uchun nima degani borligini ko‘rsatadi.

U chiqib ketdi.

Nami titrardi. Yoongi uni ushlab, sekin o‘ziga tortdi.

— Men seni himoya qilaman. U qanday kuchga ega bo‘lishidan qat’i nazar.

— Bu endi faqat men yoki sen emas, Yoongi… bu qizaloqni ham o‘z ichiga oladi.

Yoongi to‘xtab qoldi. Ha, qizaloq… u hali Jin Kyun uchun “maqsad” emas, lekin bu xavfga aylanishi mumkin.

Yoongi chuqur nafas oldi.

— U meni yurakdan silkitmoqda, Nami. Men buni rad eta olmayman. Lekin hanuz YNning yuzini eslaganimda… ichim titraydi.

Nami ko‘z yoshlarini yutdi.

— Balki, biz u senga bergan yurak og‘rig‘idan, birgalikda yangi yurak tuzishimiz kerakdir…

Yoongi unga bir qarash tashladi. Unda minnatdorchilik va qorong‘i orzular bor edi. Ammo bu orzular endi umidga aylanayotgan edi.

Tong otar chog‘ida, Yoongi va Nami shifoxona hovlisida, pastak daraxtlar soyasida sokin o‘tirardi. Havo toza, ammo yuraklar siqilgan edi.

Yoongi qizaloqqa uzoq qarab turdi. U gul terayotgan edi, beg‘ubor. Va bu beg‘uborlik Yoongining yuragiga qandaydir iliqlik, lekin shu bilan birga, alamli savol ham olib kelar edi.

U oxiri indamay turgan sukutni buzd:

— Nami… men bir narsani uzoq vaqt so‘rashga jur’at etolmadim.

Nami unga yuzlandi.

— So‘ra.

— Nega sen har doim u qizaloq haqida gapirganda, “qizaloq” deysan? Nega ismini aytmayapsan?

Nami kulib yubordi. Ammo bu kulgi yurakdan emasdi — og‘riqli, xira kulgi edi.

— Nihoyat shu savolni berding, Yoongi.

U to‘g‘rilanib o‘tirib oldi. Nigohini uzoqqa qaratdi, so‘ng sekin gap boshladi:

— Uning ismi Ara. KimSok Ara

Yoongi beixtiyor hayron bo‘lib, takrorladi:

— KIMSOMmi?

— Ha… chunki u mening akam Jin va kelinoyim Yura’ning qizi. Men uni o‘zim bilan yashayapman. Lekin uning ismini tilga olsam… akam ko‘z oldimga keladi. Va yuragim eziladi.

Yoongi unga hamdard nigoh bilan qaradi. Nami ko‘z yoshini yashirishga urinib, kulimsiradi.

— Ara men uchun faqatgina jiyan emas. U — men doim himoya qilishga va sevishga tayyor bo‘lgan yagona parcha. Shu bois, men uni atayin oddiygina “qizaloq” deb atayman… yuragimni shunday himoya qilaman.

Yoongi jim qoldi. So‘ng sekin, ohangda dedi:

— Men seni tushundim. Endi esa… yana ko‘proq hurmat qilaman.

Ular uzoq sukutda o‘tirishdi. Shu payt Yoongining telefoni jiringladi. Notanish raqam. U javob berdi.

— Bu sizga Jin Kyunning avvalgi xatlari va yozishmalaridan topilgan hujjatlar haqida ma’lumot. Ko‘rishni istaysizmi?

Yoongi o‘rnidan turdi.

— Ha. Yuboring.

Oradan ikki soat o‘tib, Yoongi hujjatlarni o‘qib chiqdi. Unda yozilgan edi:

“Agar YN imzodan bosh tortsa, men uning oilasini ochiq fosh qilaman. U faqatgina shartnomani qabul qilsa, Yoongini himoya qilaman. Aks holda, ular ikkalasi ham yo‘q bo‘ladi.”

Boshqa bir skrinshotda esa YNning yuborgan javobi:

“Yoongini himoya qilaman. Agar bu oxirgi tanlovim bo‘lsa ham.”

Yoongi shoshib Nami yoniga qaytdi. Hujjatlarni ko‘rsatdi. Nami ularni ko‘zdan kechirar ekan, lablari qaltiradi.

— Bu… bu jinoyat. U YNni siqib, tahdid qilgan. Va uni tanlovsiz qoldirgan…

Yoongi chuqur nafas oldi.

— Bu Jin Kyun — oddiy dushman emas. U bizga yaqin bo‘lganlarning orqasiga yashirinadi. Va menimcha, u endi Ara’ni nishonga olishi mumkin.

Nami yuragini bosdi.

— Yo‘q… unga yo‘l qo‘ymaymiz. Men bu safar kimnidir yo‘qotishga tayyor emasman.

Yoongi unga yaqinlashdi.

— Bu safar biz birgamiz. Men sening yoningda turaman. Ara — sening joning bo‘lsa, men uni ham o‘zimniki deb bilaman.

Nami unga qaradi. Bu nigohlar ichida hali “men seni sevaman” degan so‘zlar yo‘q edi. Ammo ular orqasida o‘sha so‘zlar yaqqol sezilib turgandi.

Ularning oralarida endi faqat haqiqat emas, umid, himoya va ehtimol… sevgiga o‘xshash nimadir bor edi.