Sen menikisan 14 qism
Kecha kulbada topilgan xat, notanish kishi, va YNning izlari… bular Nami uchun ham, Yoongi uchun ham yana bir bosqichni boshlab bergan edi. Lekin bu safar ular nafaqat YNni izlashardi — o‘z ichlaridagi javoblarni ham izlashardi.
Yoongi kulba yong‘og‘ida topilgan kundalikni yana varaqlay boshladi. U sahifalarni barmog‘i bilan silab, bir joyda to‘xtadi. Aynan o‘sha sahifada YNning Nami haqida yozgan satrlari bor edi:
“Nami… u hech nima demasdan menga quloq tutgan birinchi odam. Men unga hayotimni emas, ruhimni ochdim. Unga ishonaman. Shuning uchun agar bir kun kelib Yoongi yo‘qolsa, men uni faqat unga ishonib topshiraman.”
Yoongi chuqur nafas oldi. Nami esa jim, sokin, uning yonida turgan edi. U bu so‘zlarni o‘qib, yuragida o‘sha og‘ir tuyulgan vazifa mas’uliyatini yanada chuqurroq his qildi.
— Nega? — dedi Yoongi past, xiralashgan ovozda. — Nega aynan sen?
Nami kulimsirab unga qaradi. Ko‘zlarida og‘riq aralash sokinlik bor edi.
— Chunki men unga quloq tutgan yagona inson bo‘lganman. Qolganlar yordam bermoqchi bo‘lishgan, men esa… faqat tingladim.
— U senga ishongan. Menimcha, men ham ishonishim kerak.
Ular shifoxonaga qaytganlarida, Nami endi seanslar davomida YN haqida Yoongining hikoyalarini eshitmay qo‘ymadi. Balki bu dardli edi, lekin YN kim bo‘lganini tushunish — Yoongiga, hamda o‘ziga yordam edi.
Bir kun seans paytida, Nami sekin so‘z boshladi:
— Yoongi… YN bilan o‘tkazgan eng shirin, eng sokin tunlaringiz haqida gapirib bera olasizmi?
Yoongi unga hayrat bilan qaradi. Ko‘zlarida g‘alati porlash paydo bo‘ldi. So‘ng lablari orasidan sovuq ohangda so‘z chiqdi:
— Bu senga qiziqmi? Shunchaki… bir psixolog sifatida eshitishmi? Yoki bu sen uchun og‘riqsiz tinglovmi?
Nami sukut saqladi. So‘ng asta boshini egdi:
— Bu og‘riq… lekin uni sen yolg‘iz ko‘tarib yurishing to‘g‘ri emas.
Yoongi chuqur nafas oldi. So‘ng, ilk bor yuragini ochgandek, YN bilan o‘tgan tunda bo‘lgan sadoqatli, sokin, lekin yurakni ezuvchi iliqlikni gapirib berdi. YNning qanday kulgani, qanday jim bo‘lgani, qanday yoqimli sovuq qo‘llari bilan uni ushlagani… Va butun tun davomida faqat ikkovi bo‘lganini.
— O‘sha kecha men ilk bor o‘zimni haqiqiy insondek his qilganman. U bilan… — Yoongi jimib qoldi. — Ammo endi faqat xotiralar qoldi.
Nami ich-ichidan larzaga keldi. YN bilan bo‘lgan sevgi, sadoqat, chuqur bog‘liqlik — bular orasida u o‘zini begonadek his qildi. Lekin baribir, u Yoongining yonida edi.
Ichidan bir ovoz unda shivirlayotgandek edi: “Sen uni sevasan, ammo bu sevgi ikkinchi bo‘lib qoladi.”
Endi ularning qarshisida ikki yo‘l:
Shifoxonadagi navbatdagi seansda Yoongi Nami so‘ragan savollarga juda qisqa va sovuq javoblar berdi. Biroq uning ko‘zlari… o‘sha ko‘zlarda yana yashash, umid uchquni paydo bo‘lgandi. YNning xati, eski binodagi suratlar va izlar — bu Yoongi uchun eng muhim ishora edi: u tirik. Yoki hech bo‘lmaganda, bir paytlar tirik edi.
— Biz darhol u joyga qaytishimiz kerak, — dedi Yoongi ishonch bilan.
Nami esa sukutda qoldi. Uning ko‘zlari osti qoraygan, lablari qurib ketgandi. Oxirgi paytlarda u o‘zining ichki qismida yurakni ezuvchi ikki tuyg‘u o‘rtasida yurgan edi: Yoongining YN’ga bo‘lgan muhabbatiga hurmat, va o‘zining asta kuchayib borayotgan his-tuyg‘ulari.
— Yoongi, men… biroz dam olsakchi, — dedi u nihoyat.
— Hozir emas, — javob berdi Yoongi. — YN yordam so‘ragan. Men yana kechikolmayman.
Ular yana o‘sha tashlandiq binoga yo‘l olishdi. Bu safar Yoongi atrofni sinchiklab kuzatdi. Binoning eng chekkasida, chang bosgan eski shkaf orqasida yashirin qopqoq bor edi. Uni ochishganida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pastga tushuvchi zinapoya paydo bo‘ldi.
Pastda — qorong‘ulik. Jim-jitlik. Faqat nafaslar eshitilar, yurak urishi quloqni teshib ketardi.
Yarim qorong‘i podvalga tushib, burchakdagi kichik xonaga kirishdi. U yerda bitta kamera, yozuvlar, va bitta oynali javon bor edi. Javon ichida tanish bo‘sh flakonlar… dorilar.
— Bu joy… tibbiy tajribalar o‘tkazilgan joy, — dedi Nami dahshat bilan.
Yoongi esa kamera ichidagi yozuvlarni ko‘ra boshladi. Ular orasida bitta video bor edi — 6 daqiqalik. U videoni ochdi. Ekranda YN ko‘rinardi. Uning yuzida ko‘karishlar, lablarida yoriqlar, ko‘zlari esa… umidsiz.
“Agar bu videoni Yoongi ko‘rayotgan bo‘lsa… iltimos, men uchun qayg‘urma. Bu men tanlagan yo‘l emas edi, lekin men buni o‘zgartira olmadim. Nami, agar sen ham buni ko‘rayotgan bo‘lsang, bilki, men seni unutmadim. Sen menga bir kechada bo‘lsada haqiqiy tinglovchi bo‘lgansan. Sizni sevaman.”
Yoongi stulga cho‘kdi. Boshini past egdi, yelkalari qaltirardi.
Nami esa jim turdi. Ichki ovozi baqirardi: “U uni sevadi. Meni emas. Men esa baribir undan ketolmayman.”
Ular mashinada qaytishda, Nami so‘z boshladi:
— Yoongi… men seni tushunishga harakat qilyapman. Lekin men ham charchadim.
— Sen bu yerda qolishni istayapsanmi?
— Yo‘q, — dedi Nami ko‘z yoshlarini yashirib. — Men sen bilanman. Lekin… meni ham tingla. Menga YN haqida so‘zlab berma bir kun. Menga o‘sha tunlaringiz haqida emas… o‘sha umidsiz kunlaringiz haqida gapir.
Yoongi unga qaradi. Ko‘zlarida ilk bor boshqa narsa porlab turardi — rahmatmi, afsusmi, yoki ehtimol, e’tibor?
— Sen… faqat psixolog emassan, to‘g‘rimi?
Nami jilmaydi, lekin ko‘zlarida og‘riq ochiq edi.
— Yo‘q. Men shunchaki ayolligim bilan seni sevyapman. Lekin bu sevgi senga og‘irlik qilsa, ayt. Men ketaman.
Yoongi hech narsa demadi. U atrofga qaradi, faqat jimlikni tanladi. Nami esa yon tomonga o‘girilib, derazadan tashqariga qaradi. Ko‘zlarida yashirin yoshlar oqardi.
Shu ondayoq, telefoniga xabar keldi:
“U hali tirik. Lekin uni topmoqchi bo‘lsangiz, narxini to‘lashingiz kerak bo‘ladi. 24 soat ichida joyni aytamiz.”
Yoongi yuragini ushladi. Nami esa bosh irg‘ab, sekin dedi:
Yoongi va Nami binodan chiqib, mashinaga o‘tirishdi. Ular 24 soat ichida YNni topishlari kerak edi. Endi bu faqat vaqt masalasi edi, va Nami har qadamda o‘zining ichki kurashlari bilan bo‘lishishga majbur edi. Har bir qaror, har bir so‘z uning ruhini yanada og‘irlashtirardi.
Mashina yo‘lga tushganda, Yoongi sukut saqladi. Unga faqat Nami kerak edi, lekin Nami YNni topish bilan band bo‘lib, Yoongi bilan o‘zaro rishtalarini asta-sekin unutib borardi. YN haqida gap ketganda, Yoongi uning faqat o‘sha yigitiga aylanganini his qilar, lekin shu bilan birga, u shaxsiy his-tuyg‘ularini ham bostira boshlagan edi.
Nami esa, Yoongining jimligi unga og‘irlik qilayotganini sezganida, boshini egdi.
— Yoongi, nima bo‘lyapti? Nima uchun sukutdasiz? — dedi Nami yumshoq ovozda.
Yoongi boshini yuqoriga ko‘tarib, uzoqdan biror narsaga qaradi.
— Men sizni tushunaman, — dedi u past ovozda. — YN siz uchun hamma narsadan qimmatlidir. Men buni yaxshi bilaman.
— Yo‘q, — javob berdi Nami, uning ovozida noaniqlik bor edi. — Bu… bu men uchun faqat birinchi qadam edi. Har doim YNni topishga qaror qilishga tayyor edim, lekin hozir, men bu yerdaman, va sizni ham… boshqacha his qilyapman.
— Nami, men sen bilan… bu safar faqat senga yordam bera olmayman. Sen, YNni topishda menga yordam berishing kerak. Biz bir-birimizga yolg‘iz qolishimiz mumkin emas.
Mashina sekinlashdi. Yoongi va Nami bir-biriga qarashdi. Nami ko‘zlaridan yosh to‘kilayotganini his qildi, ammo u o‘zini to‘xtata olmadi. Uzoq yillardan beri faqat o‘zining ichki his-tuyg‘ularini bostirib, hayotiga davom etgan edi. Endi esa, Yoongi bilan birga bo‘lish, va bu bir nechta qo‘rquvlarni yengish uchun oxirgi imkoniyat edi.
Shu payt Yoongining telefoniga xabar keldi. Ekranda noaniq bir manzil ko‘rindi. YNning so‘nggi izlari bu edi.
— Bu… — Yoongi xabarni o‘qib chiqdi va Nami bilan birga manzilga qarab, shunchaki xayolga berildi. — YNni topishimizga 6 soat qoldi.
Shu bilan mashina tezlashtirilgan holda manzilga yo‘l oldi. Yoongi ichki kurashda edi. YNni topish uni tinchlantirishi mumkin edi, lekin Nami unga nisbatan bo‘lgan his-tuyg‘ulari yo‘qolmayotgan edi. U har safar YN haqida gapirganda, Nami shunchaki o‘zining o‘tmishini ko‘rganidek edi.
Manzilga yetib borishganida, ular tashlandiq binoga kirishdi. U yerda ular YNning bo‘shagan xonalarini va yozuvlarini ko‘rishdi. Xonada yozuvlar, rasmlar va hayotning o‘sha qarama-qarshi tomonlari bor edi. Har bir detaldan YNning psixologik holati sezilar edi.
Shu vaqtda, Nami uzoqdan, darvozadan kirgan yigitni ko‘rdi. YNning eski do‘sti, hamma narsa uchun javobgar bo‘lgan odam. Nami yurak urishini sezdi, bir qadam oldinga bordi va, nihoyat, o‘zini tutib, o‘zining so‘nggi savolini berdi:
— U nima qilgan? Nega u hech kimga yordam bermadi?
Yigit boshini egib, chuqur nafas oldi:
— Bu… ular faqat o‘zgacha bo‘lishga qaror qilishgan. YNni topishga yordam bera olaman, lekin… buni so‘ramaganman.
Yoongi Nami tomon qaradi. Ularning nigohlari bir-biriga to‘g‘ri keldi. Bu so‘zlar, bu sirlar, ularga qarshi kurashishning oxirgi nuqtasiga olib keladi.
Tong saharlab turib, Yoongi va Nami yana yo‘lga tushdi. Qorong‘i ko‘chalar, sirli odamlar, har xil yolg‘on izlar orasida ular YNni topish uchun harakat qilardi. Nami so‘nggi paytlarda juda charchagan edi, ammo Yoongining ishonchi unga kuch berardi. Ular bir-birlariga faqat ko‘z bilan qarab, bir og‘iz so‘zsiz ham hamma narsani tushunishardi.
Ular nihoyat eski fabrikaga yetishdi — bu yerda YN haqida ma’lumot berilgan edi. Ichkariga ehtiyot bilan kirishdi. Har bir zinapoya g‘ichirlab ovoz berar, havo chang-to‘zon va sirli sukunat bilan to‘lib yotardi.
Nami oldinda yurar, Yoongi esa orqada har bir qadamini nazorat qilardi.
Shu payt pastki koridorda portlashga o‘xshagan kuchli ovoz eshitildi. Chang ko‘tarildi. Yoongi darhol orqasiga qarab yugurdi:
Chang tarqalgach, u devorning qulaganini, yerdagi parchalarni va Nami sirpanib ketgan chuqurlikni ko‘rdi. U tezda o‘sha joyga yugurdi, ammo Nami allaqachon ko‘rinmay qolgan edi.
Yoongi darhol yordamga chaqirdi, qidiruv guruhlarini jalb qildi, biroq Nami topilmadi. Uning telefoni, soatlari va sumkasi o‘sha joyda qolgan edi — lekin u o‘zi yo‘q edi.
Shu onda Yoongi yuragida qandaydir bo‘shliqni his qildi. U YNni topish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lsa ham, bu yo‘lda o‘ziga eng yaqin odamni yo‘qotgandek edi. Ko‘zlarida yosh, yuragida og‘riq bilan devor yonida cho‘kib o‘tirib, faqat bitta so‘zni pichirladi:
— “Iltimos… tirik bo‘lgin, Nami. Men seni yana topaman…”
Yoongi ertalabgacha Nami yo‘qolgan joyda kutdi. Yuragida og‘riq, ko‘zlarida umidsizlik — u hali ham Nami tirik deb o‘ylardi, ich-ichida buni his qilardi. Shunday paytda telefoniga noma’lum raqamdan SMS keldi. Ekranga qaradi:
“Agar YN va Namini tirik ko‘rmoqchi bo‘lsang, quyidagi manzilga yolg‘iz kel. Politsiyaga habar bersang — ikkalasini ham yo‘qotasan. Soat 22:00.”
Pastida esa birgina belgiga o‘xshagan narsa turardi — Qora qarg‘a rasmi.
Yoongi telefonga uzoq tikildi. Bu hazil emasdi. U YNni topdim deb o‘ylagan, Nami bilan birga jang qilayotgan edi. Endi esa ikkalasi ham uning qo‘lidan ketayotgandek edi.
Yoongi tezda qaror qildi — boradi. Yolg‘iz. Chunki bu ikki inson uchun har narsaga tayyor edi. U avtomobiliga o‘tirdi, manzilni navigatsiyaga kiritdi va orqaga bir marta ham qaramasdan yo‘lga tushdi.
Yo‘l jimjit edi, tun esa g‘amgin. Uning yuragi bezovta urar, har qadamda nima kutayotganini bilmasdi. Ammo ichida bir narsa aniq edi — kim bo‘lishidan qat’i nazar, u YN va Namini qaytarib oladi.
Yoongi belgilangan manzilga kechki soat 22:00 da yetib bordi. Bu joy shahardan uzoqdagi eski temiryo‘l omborxonasi edi. Atrof jimjit, hatto shamol ham yurmayotgandek tuyulardi. U mashinasini uzoqroqqa to‘xtatib, ehtiyotkorlik bilan yura boshladi.
Omborxonaning ichkarisi qorong‘i, ammo shiftda faqat bitta chiroq miltillardi. To‘rt tomondan devorlar, o‘rtada esa bir kursi — ustida esa kishanlangan tanish gavda.
— “Nami! Nami, sen tirikmisan?! Qalaysan?!”
Nami hushida edi, lekin ancha holdan toygan, ko‘zlari xiralashgan.
— “Yoongi… ket… bu tuzoq…” — dedi u zorlik bilan.
Shu payt tepada chiroqlar yondi. Atrofda qora niqob kiygan bir necha odam paydo bo‘ldi. Ular orasidan bittasi oldinga chiqdi. Yuzi ko‘rinmas, ammo ovozi sovuq edi:
— “Demak, va’daga muvofiq kelding. Endi biz boshlaymiz.”
— “YN qani?! Nami nega bu yerda?!” — qichqirdi Yoongi.
— “Hali vaqtincha tirik… lekin sening qaroringga bog‘liq.”
O‘sha odam Yoongiga qarab telefonni tashladi. Telefon ekranida video ochildi — YN bir xonada hushsiz yotgan, unga nimadir yuborilgan, tomirida dori o‘tkazilgan ko‘rinadi.
— “Senga tanlov: bittasini saqlab qolishing mumkin. Yoki… ikkalasini ham yo‘qotasan.”
Yoongi yuragining muzlab ketganini his qildi. Bu shunchaki test emasdi — bu azob, halokatli qaror edi. U bunday vaziyatda hech qachon bo‘lmagan. Har nafas, har qaror uning butun hayotini o‘zgartirib yuborardi.
Omborxona ichidagi vaqt go‘yoki to‘xtab qolganday edi. Har narsa jimjit, faqat Yoongining yurak urishlari va Nami’ning og‘ir nafas olishi eshitilardi. Qora niqobli odam qo‘lida qurol bilan yaqinlashdi.
— “Demak, Yoongi… kimni tanlaysan?”
Yoongi unga tik qaradi. Ko‘zlarida nafaqat qo‘rquv, balki cheksiz azob va g‘azab bor edi.
— “Men bu o‘yinda ishtirok etmayman,” — dedi u past ovozda, lekin qat’iyat bilan.
— “Bunday gaplar faqat ertaklarda ishlaydi. Hayot esa — qurbonlik demakdir. Birini tanla. Yoki ikkalasi ham ketadi.”
Yoongi birdaniga Nami’ga qaradi. Uning ko‘zlarida yosh, ammo lablarida kuchsiz tabassum bor edi.
— “Men tayyorman, Yoongi. YN seni kutyapti. U hali ham nafas olyapti — sen u bilan bo‘lishing kerak,” — dedi Nami, ovozida titroq bilan.
— “Sen… sen meni himoya qilding, men seni saqlab qolishim kerak.”
Niqobli odam sabrsizlik bilan qurolini ko‘tardi.
Shu payt… birdan portlash yuz berdi! Omborxona tomidan maxsus guruh tushdi — bu politsiya edi! Nami shifoxonadagi do‘sti orqali maxfiy signal yuborgan edi. Otishma boshlandi.
Yoongi o‘zini pastga tashlab, Nami’ni to‘siq ortiga sudradi. O‘q ovozlari, qichqiriqlar — hammasi bir lahzaga cho‘qqiga chiqdi. Nihoyat, qora niqoblilar zararsizlantirildi.
Biroq ular qochib ketayotganida, Yoongi o‘sha telefonni ko‘rib qoldi — hali ham videoni ko‘rsatayotgan edi. U YN joylashgan xonaning fonidagi raqamni ko‘rdi.
— “Bu… bu joyni topish mumkin!” — dedi u.
Nami hushini yo‘qotmaslikka harakat qilarkan, asta pichirladi:
— “Borchu, Yoongi. Uni saqla… men yaxshi bo‘laman.”
Yoongi boshini egdi, Nami’ning qo‘lini mahkam ushlab:
— “Men seni hech qachon unutmayman, Nami. Va men uni qaytaraman.”
U videodagi tafsilotlarga asoslanib, darhol YN joylashgan manzil sari yo‘lga chiqadi…
Yoongi videodagi fon tafsilotlaridan darrov bir narsa ilg‘adi: deraza ortida ko‘rinib turgan suvoqsiz devor, eski sanoat minorasi va qulab tushgan temir eshiklar — bu joy unga tanish edi. Bu, o‘sha tashlab ketilgan zavod hududi, Yoongining bolaligida otasi biznes boshlagan yer.
U darhol avtomobiliga o‘tirdi. Yuragi qattiq urar, vaqt esa dushman kabi orqasidan quvar edi. Manzilga yetib borgach, avval atrofni kuzatdi. Bu yer ancha tashlandiq, ammo binoning ichida nur yonayotgandi.
Eshikni sekin ochdi. Yuragi gupillab urayotgandi. Tashqi dunyo sukutda, ammo ichki notinchlik og‘ir havo singari bo‘g‘ar edi.
Yoongi zinapoyadan sekin ko‘tarildi. Derazadan bir xona ko‘rindi — xuddi video tasviridagi. Ichkarida — YN.
U karavotda yotar, hushsiz, ammo nafas olayotgandi. Tanasi yupqa qoplama bilan yopilgan, yonida esa dori vositalari ulab qo‘yilgan edi.
— “YN…” — dedi Yoongi, ovozi titrab.
U sekin yoniga bordi, qo‘lini ushladi. Qo‘li sovuq, ammo yurak urishi bor edi.
— “Men keldim… meni eshityapsanmi?”
Birdan YN ko‘zlarini ochdi — ojiz, lekin tirik.
— “Men bu yerda. Seni hech qachon tashlab ketmadim.”
Ko‘zlarida yosh chaqnadi. YN yelkasini ko‘tarmoqchi bo‘ldi, lekin kuchi yo‘q edi. Yoongi uni bag‘riga bosdi, ko‘zlariga yosh to‘lib:
— “Seni sog‘indim… seni juda sog‘indim.”
Shu payt tashqaridan qadam tovushlari eshitildi.
Yoongi darrov hushyorlandi. U YNni o‘rab qo‘ydi, qo‘liga qurol oldi. Eshik ochildi.
Bu — Yoongining otasi — Min Janhwan edi.
— “Seni kuzatib bordim… hammasi tugamadi, Yoongi,” — dedi u, qorong‘i nigoh bilan.
Yoongi otasiga tik qaradi. Ko‘zlarida g‘azab va ishonchsizlik charaqlardi.
— “Bu nima degani? YNni nega yashirdingiz? U tirik edi, nega meni azobda qoldirdingiz?!”
Min Janhwan og‘ir nafas oldi. So‘zlarini yutib yubormoqchi bo‘lganday sukut saqladi. Keyin asta dedi:
— “Men seni himoya qilmoqchi edim. U qizga tahdid bor edi, seni o‘ldirishmoqchi bo‘lishgandi. Uni yashirish — seni saqlashning yagona yo‘li edi.”
— “Demak… meni saqlash uchun uni o‘lik qilib ko‘rsatdingizmi? Men uni yillar davomida qidirib… o‘zimni yo‘qotdim. Nami… u ham bu yo‘lga boshini qo‘ydi!”
Min Janhwan jim qoldi. U ham o‘g‘li kabi o‘z yuragini sindirib yashaganini, ammo bu yo‘lni tanlaganini tan olib, bosh egdi.
— “Men Nami haqida eshitdim. U senga yordam berdi. Afsuski, bu o‘yinda begunohlar qurbon bo‘ladi.”
Yoongi qattiq mahkam turgan qo‘llarini bo‘shatdi. YN esa hali ham qiynalayotgan, ammo yo‘qotmagan ko‘zlari bilan unga termulardi.
— “Nami… u meni asradi. So‘nggi kuchi bilan meni qutqardi. Endi men uni qutqara olmadim.”
Min Janhwan asta oldinga yurdi, YN yoniga cho‘kdi.
— “Hali ham vaqt bor. Uning tanasi zaif, lekin tirik. Uni boshqa joyga ko‘chirib, tiklab olishimiz mumkin.”
Yoongi bosh irg‘adi. U YNni yelkalaridan mahkam ushlab, asta quchog‘iga oldi.
— “U mening hayotim. Endi hech kimni yo‘qotmayman.”
Yoongi hali YNning zaif tana haroratini his qilib, yuragi notinch urib turgan paytda, telefoni qattiq jiringlab yubordi. U seskanib ketdi. Ekranga qaradi — noma’lum raqam. Ko‘ngliga yana bir noaniq xavotir oraladi.