Sen Menikisan💔🪽. 8 qism⛓️🪽
Shveytsariyada bahor erta kelgan yil edi. Daraxtlar barg yozayotgan, havo yengil va iliq edi. Nami derazadan qarab, choyini aralashtirar, ich-ichidan nimadir uni bezovta qilardi.
Ara maktabdan yangi surat chizgancha keldi. Suratda u, Nami va Yoongi — uchtalasi bir tog‘ etagida, qo‘l ushlashgan edi.
— Bu bizmi? — deb so‘radi Nami jilmayib.
— Ha, lekin… — Ara bir zum to‘xtadi. — Dada nima uchun men bilan o‘tmish haqida gaplashmaydi?
— Ara, u seni juda yaxshi ko‘radi. Shunchaki… u hanuz ichidagi yaralar bilan kurashmoqda.
Ara sekin bosh irg‘adi. Keyin yana dedi:
— Maktabda hammada “familya” bor, meni esa doim boshqacha chaqirishadi. Men kimman, Nami xola?
Bu savol — yillar davomida aytilmagan haqiqatga urilgan birinchi zarba edi. Nami jim qoldi.
— Men seni tarbiyaladim, sevaman, onang kabi. Ammo… sening tug‘ilgan onang haqida Yoongi gapirishi kerak.
U kechqurun Yoongiga bu suhbat haqida aytdi. Yoongi uzoq vaqt jim qoldi. Keyin deraza oldiga o‘tib, sekin dedi:
— Hali ham o‘zimni kechirolmayman. Ara’ni yo‘qotishdan qo‘rqib, unga YN haqida gapira olmadim.
— Uni yo‘qotmaslikning yagona yo‘li — unga rostini aytish, Yoongi. U seni tushunadi. Bolalar juda kuchli bo‘lishadi.
Ertasi kuni Yoongi Ara bilan so‘lishdi. Uni bog‘ bo‘yiga olib chiqdi.
— Bilasanmi, sening ism-ing har doim men uchun mo‘jiza bo‘lgan.
— Chunki sen hayotimdagi eng og‘ir davrda paydo bo‘lding. Sening onang… YN ismli ajoyib inson edi. U juda yaxshi ayol edi. Biz bir-birimizni sevganmiz. Lekin… men uni yo‘qotdim.
Ara uni sinchiklab tingladi. So‘ng dedi:
— Demak men… sizning qizingiz emasman?
Yoongi yuragini ushlab oldi, lekin bosh irg‘adi.
— Yo‘q, sen mening qizim emassan. Lekin men seni qalbimda o‘zimniki deb bilaman. Sen men uchun hammasisan.
Ara ko‘zlarida yosh bilan yugurib kelib, Yoongini quchoqladi.
— Hech qachon, Ara. Hech qachon.
Oradan haftalar o‘tdi. Ara tinchlandi, baxtli edi. Nami va Yoongi o‘zaro yanada ochiq bo‘lishni boshlashdi. Ularning orasida sir qolmadi. Lekin…
Bir kuni pochta orqali kelgan eski konvert — hech kim kutmagan narsa edi.
U ichida bitta surat va bitta yozuv bor edi.
“Men hali yo‘qolmaganman. Va sizga hali haqiqat aytilmagan. — Y.”
Yoongi va Nami suratga tikilib qolishdi.
Unda — YN edi. Va surat — so‘nggi daqiqalarda tushirilganiga o‘xshar, ortda tanish bino — qabr emas, balki… yashirin xona edi.
Mashina jim. Yoongi haydasa, Nami yonida cho‘zilib yotar, charchoqdan ko‘zlari ohangrabodek yumilardi. Tashqi dunyo qorong‘i, tinch — faqat mashina chiroqlari yo‘lni yoritib borar, orqa o‘rindiqda esa kichik daftar va bir necha choyshab ostidagi rasm.
Bu safar ular YN qabriga ketishardi.
Mashina qorong‘u yo‘llarda ohista yurardi. Yon atrofda qabriston devorlari asta o‘tib borar, tungi shamol derazaga urilib, ichkaridagi sukunatni yoritardi. Yoongi rulda edi, yuzida odatdagi sokinlik, ammo ko‘zlarida ichki xavotir yashirinardi. Yonida esa Nami o‘tirgan, boshini oynaga suyanib, jim turardi.
Bu safar ular sukutda ketishyapti.
— Bilasanmi… men hali ham uni his qilaman. Go‘yoki u hanuz bu yerda. Yuragimda, xotiralarimda… tinmay pichirlab turadi.
Nami hech nima demadi. Faqat lablarini tishladi. Ichki og‘riq ko‘kragiga tiqilib kelgan edi.
Ko‘zlarini yumdi… va bu safar yuragini bosgan charchoq uni quchoqlab oldi.
U o‘zini qabristonda topdi. Tuman yo‘laklar orasida suzib yurardi. Har bir qabrning ustiga nam tushgan, toshlar jim, ammo o‘ziga tortar edi.
Birdan, YNning qabrini ko‘rdi. Uning yonida esa… kimdir turardi.
— Nihoyat keldingmi? — dedi tanish ovoz.
Nami yuragini bosib, sekin yondashdi. YN oppoq libosda, sochlari taralgan, ammo ko‘zlarida qattiq alam bor edi.
— Men… seni kechirishini so‘rash uchun keldim, — dedi Nami, yuragi gursillab.
— Kechirishmi? Sen o‘rnimni olding, Nami. U seni quchadi. Senga qaraydi. Meni esa unutdi.
— Yo‘q! — yig‘ladi Nami. — Men hech qachon seni o‘rningni egallamadim! Men u odamni yo‘qotmaslik uchun kurashdim. Uning og‘rig‘ini bo‘lishdim, yuragini emas.
YN kulimsiradi, ammo bu kulgu achchiq edi.
— Baribir… u endi menga emas, senga qaraydi. Bu alamni men bilan olib ketsang-chi?
Nami titrardi. Ko‘zlaridan yosh oqdi. Ammo javob bera olmadi.
— Agar rostdan ham sevgan bo‘lsang… men uni tushida emas, yuragida ko‘rayotganimni bilaman, — dedi YN va asta orqasiga o‘girildi.
— Kut! — dedi Nami. — Iltimos… qol.
YN to‘xtadi. So‘nggi bor yelka ortidan qarab dedi:
— U meni unutsa, sen ham o‘zingni unutmagin.
So‘ngra yo‘q bo‘lib ketdi. Tuman uni yutib yubordi.
— Nami! — Yoongi ovoz berdi, uni silkidi. — Uyqidan uyg‘on!
Nami qaltirab ko‘z ochdi. Nafasi tez, ko‘zlari yoshga to‘la. Titrab, yoqasi orasidan nafas olardi.
— U meni kechirmagan. Meni aybladi… yuragimda hali ham men yomon ayolman degan ovoz bor, Yoongi. Men senga yordam beraman, lekin… ba’zida o‘zimni xiyonatkor his qilaman.
Yoongi chuqur nafas olib, uni quchoqladi. Bir lahza hech nima demadi. So‘ng sekin pichirladi:
— Sen meni qutqarding, Nami. Agar sen bo‘lmaganingda, men ham u bilan ketgan bo‘lardim.
Nami uning yuragiga boshini qo‘ydi.
— Shunday deyishingni eshitish… bu menga ko‘p narsa beradi, Yoongi.
Mashina qabr tomonga harakatda davom etdi. Ularning orasidagi jimjitlik — endi og‘riqli emas, balki davolovchi edi.
Qabr toshlari orasida shamol esib turar, osmon bulutli, ammo baribir tinch edi. Yoongi mashinani qabrlar yoniga sekin to‘xtatdi. Ikkalasi ham bir muddat hech nima demay o‘tirishdi. Faqat yurakning past-past urishlari eshitilayotgandek edi.
— Tayyorman, — dedi Yoongi ohangda, ammo bu tayyorgarlik yillar ichra yig‘ilgan og‘riq edi.
Ular mashinadan tushishdi. Har bir qadami og‘ir edi. Har bir yurish — bir vaqtlar kechgan iztirobli yodlarni uyg‘otardi. Nihoyat, ular YN ismi yozilgan tosh oldida to‘xtashdi.
Qabr ustida qurigan gullar orasidan faqat birgina kichik atirgul yangiligi bilan ajralib turardi. Yoongi sekin tiz cho‘kdi. Ko‘zlarini yumdi.
— Menga qarab jilmayganing, menga qarab yig‘laganing… hammasi yodimda, — deb pichirladi u. — Men seni unutmadim, YN. Lekin men yashashni ham o‘rganishim kerak.
Uning lablari qaltiradi. Ko‘zlaridan ikki tomchi yosh jim oqdi. Qabr ustiga qo‘lini qo‘ydi.
— Men seni sevganimdek, hech kimni sevmadim. Lekin bu hayot… u meni qolishga majbur qildi. Sening o‘rning hech kimda emas. Bu yerda, yuragimda sen abadiy yashaysan.
Nami bir necha qadam ortda turib, uning so‘zlarini eshitib turardi. Boshini egdi. Uning ham yuragida YNga nisbatan ichki hurmat, og‘riq va achinish bor edi.
Yoongi sekin orqasiga o‘girildi. Nigohlari Namiga tushdi. Nami unga sekin bosh irg‘adi.
— U seni kechirgan, Yoongi. Tushda u menga aytdi… faqat seni ehtiyot qilishimni so‘radi.
Yoongi unga yaqinlashdi. Yuzida og‘ir, ammo ozgina yengillik bor edi.
— Menimcha, u bizni kuzatmoqda. Va agar u hozir shu yerda bo‘lganida… sening qanday insonligingni ko‘rgan bo‘lardi.
Nami nigohini tushirdi. Yuragi beixtiyor qinidan chiqqanday bo‘ldi. Ammo bu safar bu og‘riq emas, umid edi.
— Men uni almashtirmadim. Hech qachon… — dedi u asta.
Ular yana qabr tomon yurishdi. U yerda faqat sukut turardi. Faqat shamol — so‘zsiz, ammo hamma tuyg‘uni o‘z ichiga olgan xotira singari yuraklardan o‘tib o‘tar edi.
Bu tun ular uchun xayrlashuv emasdi.