December 10, 2023

Zakovat / Shohruh Karimov QarDU / 6- tur

2023-yil 9-dekabr kuni 20-maktab faollar zalida / konstitutsiya va madhiyamizning 31 yilligi munosabati bilan "Zakovat" musoboqasi tashkil etildi. Unda quvonarli holat shuki bu safar jami 19 ta jamoa qatnashdi (10-sinflar ham qatnashish niyati borligi uchun ulardan ham 2ta jamoa shakllantirildi). Ushbu o'yin o'quvchilarning darsini hisobga olingan holda 3 qismga bo'lib o'tkazildi. Ushbu o'yinnining savollarining 1-qismini https://t.me/yulduzcha1987/57522 va o'yinning 1-qismini bu yerdan https://youtu.be/V3aSdifv5zk?feature=shared topishingiz mumkin. (texnik nosozliklar va ayrim nomaqbul ishlar uchun afsuski ularni tasvirga tushira olmadik yoki to'g'ridan to'g'ri yozayotgandagi mudxish xatolar uchun taxrirlay olmadik.) .... Bu ishda zakovatda qatnashayotgan o'quvchilar to'g'ri tushunishadi, degan umiddaman. ⚡️ shu o'rinda anchadan beri telegram orqali kelayotgan "nega bu o'yinni yoritib boryapsiz, buning uchun sizga haq to'lanadimi, bundan nima foyda" kabi savollarga javob beramiz. Umuman olganda kamina (ya'ni men) asosan QarDU 3-bosqich talabasiman va bundan tashqari ikkita maktabda mehnat faoliyatimni olib boraman. O'zim bu kabi intellektual musoboqalarni yaxshi ko'rganim uchun, faqat bir maqsad uchun u ham bo'lsa kelajakda qishlog'imizdan ham "Zakovat", "Bilimdon" g'oliblari, yaxshi ijodkorlar yetishib chiqishi uchun xarakat qilmoqdaman. Agar inson o'zi xohlagan narsasi ustida ish olib borsa va buning uchun unga sharoit, imkoniyat yaratib berilsa demak uning uchun unga moddiy mablag' va masofa muhim emas. Muhimi menga yetarlicha ishlashim uchun to'siq bo'lmasa va erkin ishlay olishimga (bosimsiz) ruxsat berilsa shuning o'zi kifoya. Aytganimdak, maqsadim aniq va bu maqsadga 5 yil ichida erishishni reja qilganmiz (Xudo xohlasa bunga erishamiz). O'ylaymanki ushbu post orqali meni bilib olishdi va endi shaxsiy savollardan tashqari tadbirlar yoki biror bir intellektual o'yinlar masalasida https://t.me/filolog_master (shohruh karimov) ga bemalol murojaat etishingiz (agar sizga tezda javob qaytara olmasam ham buni noto'g'ri tushunmang, chunki o'sha paytda internetda muammo yoki biror bir ish tufayli yozishga imkonim bo'lmasligi mumkin, lekin bir kun javob berishga harakat qilamiz) mumkinligingizni eslatib xabarimizni shu bilan yakunlaymiz. Shohruh Karimov Kasbi tumani 20-maktab / Zakovat / 6- tur/ 10-sinflar/

Shohruh Karimov Kasbi tumani 20-maktab / Zakovat / 6- tur/ 10-sinflar/ 1-... https://youtube.com/watch?v=V3aSdifv5zk&feature=shared