Atom odatlar / Jeyms Klir / taqriz
Jeyms Klir “Atom odatlar” . 2023-yilda Sarvinoz Qosimova tarjimasi asosida nashr etilgan. Mazkur asar psixologik jihatdan turfa xil fikr-qarashlarni o`zida aks ettirishi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Bu asar New York Times bestselleridan biri bo`lib, ilk marta 2018-yilda e`lon qilingan. Asarning o`ziga xosligi unda inson ruhiyati bilan bog`liq bo’lib undagi muammolar, ularning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan voqea-hodisalar hamda ularning yechimida nimalarga e`tibor qaratilishi haqida so’z boradi. Asar asosan 7 bo`limdan iborat bo’lib , odat, tajriba, tort asosiy qoida va qo’shimcha usullar orqali ham hayotimizda uchraydigan oddiy vaziyatlardan chiqib ketish yo’llarini ko’rsatib o’tadi. Asarni mutolaa qilar ekanmiz undagi asosiy obraz aslida kim yoki nima ekanligini uni o’qish orqali anglay boshlaymiz. Fikrimcha, yozuvchi bu asar orqali undagi bosh qahramon bu insonning o’zi ya`ni uni ruhiyati ekanligini ko’rsatib o’tadi.
Kitob nega aynan “Atom odatlar” deb atalgan. Odatlar aslida biz har kuni takrorlashimiz orqali yod bo’lib, ongimizda mavjud bilimlarning takrorlanish mevasidir. Buni oddiy misol sifatida tushuntiradigan bo`lsak, deylik siz o’zingizning xonangizdasiz. To’satdan chiroq o’chdi. Bu holatda siz birinchi navbatda fonarni yoqasiz , albatta fonarni topishda hech qiynalmaysiz. Chunki uning qayerda ekanligini bilasiz. Huddi shu kabi biz uchun sodir bo’ladigan deyarli doimiy narsalarni anglab, ularga mos ravishda harakat qilishimiz bu odatlar hisoblanadi. Bunga sovuq kunlari issiq kiyinishimiz, ertalab uyg’onganimizda beixtiyor yuz-qo’llarimizni yuvishimiz, qornimiz ochqolganida tannavvul qilishimiz kabilarni misol qilib ayta olamiz.
Asarda ham bir so’z uning asosiy mazmunini ochib bera olishi bilan harakterlanadi. “ Atom – zarra, odat – biror holatga javoban o’ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat”. Buni soddaroq qilib aytganda insonning doimiy tez-tez biror narsasni takrorlashishi bu uning uchun ajralmas bir strukturasini yuzaga keltirib chiqaradi va uning keyingi kunlarda ham shuni takror qilinishi lozim va shart bo`lgan rejasiga aylantiradi. Ba`zan anashu rejalar, odatlar ham katta muvaffaqiyat olib kelishi mumkinligiga ishonch hosil qildiradi
Bu asarni o’qib uning ichkari tomon chuqurroq kirib borar ekanmiz odat sodir bo’lishi uchun to`rt narsa: ishora, kuchli ishtiyoq, javob reaksiyasi va mukofot kabi narsalar uni yuzaga keltirishini anglay boshlaymiz. Bu narsalar insonning muhim bir bosqichida ya`ni uning ongi shakllanishi davrida inson fikri bilan birga ulg’aya boshlaydi. Yozuvchi aynan shu narsaga e`tabor qaratib asarni inson tafakkuri bilan bog`laydi, o`zining o`y – fikrlarini timsollar va falsafiy mushohadalar orqali bayon etadi.
Inson hayot tekis emasligini, yo`li notekis va tikonli bo’lishi mumkinligini ham unutib qo’ymasligi kerak. Bunda biz o’zimizni ishonch uyg`ota olishimiz, maqsadni aniq olib bu yo’lni qanday bo’lmasin bosib o’tishimiz muhim bir jarayon hisoblanadi. Ba`zan kichik odatlar ham katta muvaffaqiyat yetaklashishi mumkin. Biroq aynan kichik bir odatdek ko`ringan xatoliklar esa insonning katta bir halolakatga boshlab borishi mumkin. Har qanday muammoning yechimi bo`ladi. Faqat bunda inson qiymatni hisobga olishi, taffakuri bilan uni yecha olsagina u g`alabaga erisha oladi. Mazkur asarni o`qish orqali siz ana shunday odatlar inson hayotida qanday ahamiyat kasb etishini bilish bilan birga ularning keraklilarini ajrata olish va ulardan o`z maqsadimizni amalga oshirishda foyadalana olishimiz mumkinmi yoqmi buni asar davomida fikrlab bilib olishimiz mumkin. Ushbu asarni o’qib siz o’zingizni boshqatdan kashf etasiz hamda ruhiyatingiz sizga qanchalik muvaffaqiyat olib kela olishi mumkinligini ichki tomondan tushuna boshlaysiz. Shu bois ham ushbu asarni siz aziz kitobxon do’stlarimizga o’qishni tavsiya etamiz. Unutmang, siz hamisha qalbingizda yashirin bo’lgan hislarni hali to’la anglamagan bo’lmasligingiz, unda hali qanday imkon borligini xayolga ham keltirmagan bo`lishingiz va buning natijasida siz hali qanday kuchga ega ekanligingizni, nimalarni amalga oshira olishingiz munligingizni ham to’la anglamagan bo’lishingiz mumkin. Shu bois ham asarni o’qib siz o’zingizni boshqatdan kashf eting, kelajakda nimaga qodir ekanligingizni va qay yo’l sizga haqiqiy baxt olib kelishini tanlash huquqiga egasiz. Bu yo’lda sizga doimo mazkur asar yo’lboshchi ekanligini unutmang.
Hurmat va extirom ila Shohruh Karimov QarDU 021-15 guruh talabasi