Yovvoyining kundaligidan / hikoya / muallif Shohruh Karimov QarDU & 20-maktab
Uni yovvoyi deyishardi. Sababi biror bir tanishi yoki mahallasidan to'yga taklif etishganida har safar "ishim bor, borolmayman" deb javob berardi. Qiziq tomoni oldinlari to'y desa u boshidan oyoq xizmatni qilar, usiz to'yni hech tasavvur etib bo'lmay ham qolgandi. Lekin mana 8 yilcha bo'ldiyov, u to'ylarga ko'rinish bermay qolgandi. Yoshi ham 35 yoshga yaqinlashgan bo'lsada, lekin o'zini odamlardan uzoqroq tutishni odatiga aylantirgandi. Qiziq, nega to'ydan kechmaydigan odam 8 yildan beri ko'rinish ham bermay qo'ygan ekan? Uning bir o'tmishi bor edi. U ham muhabbat dardiga mubtalo bo'lgan, Yangi yil arafasida sirli bir qorqizni yaxshi ko'rgandi. O'sha kuni har yoqda bayram shukuhi, qayerdandir yoqimli bir kuy taralar edi. U o'z davrining eng yaxshi yigiti edi. Unga bir necha qizlar oshiq bo'lsada, lekin u faqat qorqiz haqida o'ylardi. U qorqizning roziligini olgan kuni favqulotda ish bo'ldi. U armiyadagi do'stlari bilan chegarada ishlayotgan kursantlarni ko'rgani borganida chegarada muammo paydo bo'lgandi. O'sha paytda u qahramonlik ko'rsatdiyu, lekin qattiq jarohati tufayli uzoq uyquga ketgandi. Uyqudan uyg'ongach oradan 6 oy vaqt o'tgan, atrofdagilari ham uning uyqudan uyg'onishiga umid uzishgan edi. U uyg'onganida o'sha qorqiz ham birovga unashtirilgandi. U avvaliga sevgisi uchun kurashmoqchi edi. Biroq unda surunkali kasalliklar aniqlangach, ruhan tushkunlikka tushib qolgandi. "men bilan baxtsiz bo'lgandan ko'ra, mensiz baxtli bo'lgani yaxshiroq" degan o'yga bordi. Sevgisi uchun kurashmadi. Afsuski u bilmas edi. O'sha qorqizning qaylig'i o'ta nomard inson edi. Nomardlik qilib qorqizni garovga yutqazgan va bu nomusdan qorqiz o'zini halok qilgandi. U o'zini ayblay boshladi. "nega kurashmadim" degan afsusda o'zini yeb bitirardi. U so'na boshladi. Hayoti ma'nosiz edi. Bu holatdan uni opasi qaytarib qoldi. Uning opasi ukasini juda yaxshi ko'rardi. Hech kimning gapini olmasada opasining gapini olardi. Opasi "sen o'zingni emas, atrofdagilarni o'yla, faqat o'zingga emas onangga ham jabr qilyapsan, axir u seni uyg'onishingdan umidini uzmay necha oylab yoningda bo'lganku, sen o'zingni emas onangni ham tamom qilyapsan" deganidan keyin o'ziga keldi. Avvaliga oyoqqa turgach, o'zini astoydil oldingi jismoniy va ruhiy holatiga qaytishga harakat qildi. Biroq har safar harakat qilganida olgan jarohati tufayli tez charchab qolar, bu esa unga g'oyibdan zarba berardi. Uning har safar hafsalasi pir bo'laverganini ko'rgan onasi uni ko'chaga chiqib, rohatlanib avvalgidek yurishini maslaxat berdi. U ko'chaga chiqib aylanaverdi. Avvaliga bu yaxshi natija bergandek edi. Lekin yoshi katta bo'lganini hisobga olib atrofdagilar "qachon endi sen ham uylanasan", "sen qatoridagilar ikkita, uchta farzandli ham bo'lishdi", "sen ham o'zi sevganmisan?", "sevganing bormi?" kabi so'zdan og'iz ochishi bilan uni yuragida og'riq paydo bo'lardi. O'tmishlar avj olardi. U axir kuchli sevgan edi. Biroq sevgisi uchun kurashmaganligi uchun o'zini "qo'rqoq" deb hisoblardi. Extimol buni ular tushunmas, lekin anashu o'tmish uning yuragiga chirmashib olgandi. U shu gaplarni eshitmaslik uchun ko'chaga chiqmas, to'ylarga bormasdi. Bir vaqtlar hamma uchun yaxshi bo'lgan, hatto qahramon deb atayotganlar uchun ha u bugun "yovvoyi" edi. Uning bir yaqin do'sti bor edi. Bu qora bloknot bo'lib, u shu jonsiz buyum bilan gaplashar, o'zining orzularini yozar edi. Har yangi yil arafasida barchasini unitib, o'sha laxzalarga qaytar va xayollarida o'sha qorqizni izlar edi......