Jahon adabiyoti fanidan
Realizm, romantizm, klassitsizm, tanqidiy realizm, sentenmentilizm / tushunchalar
РЕАЛИЗМ (лот. realis - мавжуд, хакикий) - Realizm lotincha-moddiy, haqiqiy. badiiy usul, uning ijodiy printsipi hayotning mohiyatiga mos keladigan tasvirlarni yozish va yaratish orqali hayotni tasvirlashdir. R. keng maʼnoda Gomer va Dante, Shekspir va Rasin, Firdavsiy va Navoiy ijodiga ham xos xususiyat, zero, hayotiylik va samimiylik bu mumtoz ijodkorlarning asarlarida katta mahorat bilan ifoda etilgan. Ammo R. adabiy metod yoki adabiy yoʻnalish sifatida yozuvchidan voqelikni hayotiy va haqqoniy aks ettirish tamoyiliga izchil rioya etishni, inson va tashqi olamni ongli ravishda oʻrganish va bilishni taqozo etadi. Shu maʼnoda jahon adabiyoti 19-asrga kelibgina oʻz taraqqiyotining R. metodiga asoslangan yangi bosqichiga erishdi.Realizmni san'at va adabiyotning tendentsiyasi deb atash odat tusiga kirgan, uning vakillari voqelikni real va haqqoniy takrorlashga harakat qilgan. Boshqacha qilib aytganda, dunyo o'zining barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan odatiy va sodda qilib tasvirlangan. Adabiyotda realizm shakl sifatida badiiy ijod Uyg'onish davrida paydo bo'lgan, ma'rifat davrida rivojlangan va o'zini mustaqil yo'nalish sifatida faqat 19 -asrning 30 -yillarida ko'rsatgan. Rossiyadagi birinchi realistlar orasida buyuk rus shoiri A.S. Pushkin (uni hatto bu tendentsiyaning ajdodi deb ham atashadi) va undan kam emas taniqli yozuvchi N.V. Gogol o'zining romani bilan " O'lik ruhlar". Adabiy tanqidga kelsak, uning ichida "realizm" atamasi D. Pisarev tufayli paydo bo'lgan. U atamani jurnalistikaga va tanqidga kiritgan. 19 -asr adabiyotida realizm paydo bo'ldi.
Romantizm (frans. romantisme) — 18-asrning 1-yarmi — 19-asrda Yevropa, shuningdek, Amerika adabiyoti va sanʼatida paydo boʻlgan hamda jahon boʻylab keng tarqalgan oqim. Romantizm- ispancha "romans" soʻzidan olingan boʻlib, bu so'z dastlab lirik va qahramonlik mazmunidagi qoʻshiqni, keyinchalik esa ritsarlar haqidagi katta epik asarlarni anglatgan. "Romantik" sifatdoshi 17-asrda roman tillarida yozilgan avantyura va qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlarga nisbatan qoʻllana boshlagan. Ingliz yozuvchilari va adabiyotshunoslari 18-asrda Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrlari adabiyoti haqida bahs borganda shu so'zdan foydalanganlar. Angliyaga romantizimning kirib kelishi arafasida (18-asrning 2-yarmi) sheʼriyatning muhim unsuri hisoblangan barcha gʻayrioddiy, sirli, gʻaroyib va fantastik narsalar (tuygʻular, holatlar, sarguzashtlar) romantik soʻzi orqali ifodalana boshlagan. 18-asr oxirida Germaniyada, 19-asr boshlarida esa Fransiyada, shuningdek, Italiya, Polsha, Rossiya kabi mamlakatlarda romantizm klassitsizmdan farqlanuvchi adabiy oqimning nomi sifatida isteʼmolga kirgan.
Sentimentalizm (frans. sentiment — histuygʻu) — 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatidagi oqim. S.da hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadrqimmatini aniklovchi asosiy meʼyor sifatida talqin qilinadi. Dastlab sentimental kayfiyatlar J. Tomson ("Yil fasllari", 1730), E. Yung ("Tungi yullar", 1742—45), T. Grey ("Qishloq qabristonida yozilgan marsiya" 1751) kabilar sheʼriyatida va O. Goldsmit, S. Stern nasrida koʻzga tashlanadi. S.ning Fransiyadagi yirik vakillari — A.Prevo, J.J.Russo va boshqa S. aklidrokdan koʻra histuygʻuni ustun qoʻyish asosida inson shaxsini tasdiklashning yangi shakli edi. S. ruhidagi asarlarda inson histuygʻulari har tomonlama badiiy tadqiq qilinib, psixologik taxlilga keng oʻrin beriladi. Ayniqsa, histuygularning tabiiyligi ulugʻlanadi. S. yoʻnalishidagi asarlarda histuygʻuning ustuvor qoʻyilishi insonning nafaqat oʻz olami, balki tabiatga boʻlgan munosabatini ham oʻzgartirdi. S.da tabiat inson kechinmalariga hamohang tarzda, uning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beruvchi vosita sifatida namoyon boʻldi. L. Sternning tugallanmagan "Sentimental sayoxat" (1768) asaridan taʼsirlangan D. Yum insonning oʻz-oʻziga qaytishi, oʻz-oʻzini anglashi toʻgʻrisida irratsional nazariyalar yaratdi.Rossiyada S. 18-asrning 90y.larida N.M. Karamzin ijodida oʻz aksini topdi. Uning "Bechora Liza" (1792), "Yuliya" kabi asarlarida oddiy kishilarga, dehqonlarga xayrixoxlik tuygʻulari ifodalanadi.
Klassitsizm (lotincha: classicus — namunaviy) — antik davrda oʻz rivojining yuqori choʻqqisiga erishgan qad. Yunon va Rim sanʼati merosida shakllanib, unga taqlid qilish natijasida yuzaga kelgan adabiyot va sanʼatdagi uslub, yoʻnalish. Quroq tarafdorlari XVII—XIX-asrlarda Fransiyada, keyinroq Yevropaning boshqa mamlakatlarida Uygʻonish davri anʼanalarini davom ettirgan holda (inson aql zakovatiga ishonish, antik davr yaratgan ideal mutanosiblikni va nisbatlarni tan olish va eʼzozlash), oʻz zamonasining ijtimoiy hamda estetik talablariga javob tariqasida vujudga kelgan. Antik davr mifologiyasi (rivoyatlari), tavrot voqealariga murojaat qilib, ulardan olingan syujetlar orqali oʻz davrlarining etik — axloqiy va siyosiy muammolarini koʻtarishta harakat qildilar. Quroqda ham umumlashma asar yaratish asosiy masala hisoblanadi, asarlar birmuncha vazmin, ritm va nafis musiqaviylikka intilish asosida yaratildi. Odatda, Quroq rivoji tarixi 2 bosqichga ajratiladi. 17-asr Fransiyada shakllangan Quroq oʻzida absolyutizm gʻoyalarini ifodalagan boʻlsa, 18-asrga kelib Quroq yangi dunyoviy ideallar, maʼrifatparvarlik gʻoyalari va oddiy xalq orzu-istaqlari va intilishlariga asoslangan ideallarga tayangan holda rivojlandi. Quroqga xos belgilar dastlab Italiya nafis sanʼatida (16-asrning 2-yarmi) paydo boʻlgan (A. Palladio, J. Vinola, S. Serlio, J. Bellori nazariy va amaliy faoliyatida, shuningdek, Bolonya akademik maktabi rasmiy hujjatlari va h.k.), 17-asr ga kelib Fransiyada barokko tamoyillariga qarshi kurashda Quroq ildamlab, yaxlit uslubiy tizimga, 18-asrga kelib umumevropa uslubiga aylandi.
Tanqidiy realizm - 19-asrning 20—30 yillarida jahon adabiyoti va sanʼatida shakllangan badiiy metod, realizmning bir koʻrinishi. Klassitsizm adabiyoti vakillarining oʻz davrini oʻtagan va eskirgan tasvir usullariga qarshi, oʻtgan asrlardagi ilgʻor adabiyotlarning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish va yangilash maqsadida maydonga kelgan. Hayot hodisalarini badiiy mujassamlashtirishda bu hodisalarning ijtimoiytarixiy ildizlarini ochish Tanqidiy realizmning asosiy maqsadidir. Tanqidiy realizm yozuvchidan insonni har tomondan cheklovchi, ezuvchi, buzuvchi va maʼnaviy inqirozga olib keluvchi hayotning ijtimoiy asoslarini tanqidiy aks ettirishni talab etadi. Tanqidiy realizm adabiyoti va sanʼatida tarixiylik prinsipi hayotiy voqealar, kishilarning xarakterlari va ularni qurshagan sharoitning muayyan davr uchun muhim vokealar, xarakterlar va sharoitlar sifatida tasvir etilishida zuxur beradi. Tanqidiy realizm asarlaridagi personajlar "ortiqcha kishilar", "otalar" va "bolalar" yoki yangilik va eskilik tarafdorlari boʻladimi — ular oʻz davrining mahsulidir. Ammo tarix harakati, ijtimoiy taraqqiyot jarayoni Tanqidiy realizmning aksar asarlarida kishilar subyektiv faoliyatining natijasi sifatida talqin etiladi. Shuning uchun ham bu asarlarda faqat kishilarning ruhiy olami, ishonch va eʼtiqodi ulardagi ijobiy (ezgu) ibtidoning manbai boʻlib xizmat qiladi. Tanqidiy realizm insoniyatni baxtli va nurli hayotga olib boruvchi yoʻlni koʻrsatmaydi, balki kishilarning shunday xayot sari intilishlarida ularga duch kelgan toʻsiqlar, illatlar, sharoitni koʻrsatadi. Shuning uchun ham badiiy tasvirning bu usuli Tanqidiy realizm deb ataladi.
Internet materiallari asosida tayyorlandi
Tuzuvchi : Shohruh Karimov QarDU https://t.me/filolog_master
Telegram kanalimiz https://t.me/yulduzcha1987