Imtihon 2023. 11-sinf ona tili va adabiyoti fanidan 2-bilet 2-chisi
Jahon adabiyoti durdonalaridan olgan taassurotlarim/ @filolog_master
Reja: 1. Kitob ezgulikka xizmat qiluvchi vosita. 2. Inson ma'naviyatida ertakning o'rni. 3. Alibobo va qirq qaroqchi ertagi haqida 4. Xulosa
Hayotimizning har bir kuni aslida biror bir qissa bo'lib, uni yozuvchilar o'zining qalami bilan badiiy ishlov berishadi. Rango rang badiiy tasvirlar yordamida oqqog'ozga tushirishadi. Yozuvchining mahorati uning kitoblarining mazmuni bilan o'lchanadi. Adabiyot esa shu yozuvchilarning eng yaxshi ijod namunalarini xalqqa ayon etadi. Kitoblar esa yozuvchining qog'ozga tushirgan asarlarini xalqqa bayon qiladi. Kitob insonning fikrini, dunyoqarashini kengaytirish bilan birga u o'zining tarbiyaviy ahamiyatiga ham ega. Inson dunyoga kelgan kundan boshlab alla, ertak kabi narsalar orqali ulg'ayib boradi. Chunki bu tushunchalar o'zining ta'sirchanligi bilan diqqatga sazovvordir. Shu bois ham kitobni ezgulikka hizmat qiluvchi vosita deb tushunishimiz o'rinli. Negaki ertaklar, qissa lar, allayu laparlar va shu kabilar kitoblar orqali xalqqa yetib bormoqda. Bugungi davrda jahon adabiyotida o'zining eng sara asarlari bilan yozuvchilarimiz anchagina bo'lib, ularga Ezop, Gyote, Jyul Vern, Daniel Defo kabi bir nechta ijodkorlar borki ularning sanog'ida ham adashib ketishimiz mumkin, desak xato bo'lmaydi. Ingliz yozuvchisi Jyul Vern o'zining "Gulliverning sayohatlari" romani bilan kitobxonlar qalbidan joy olgan. Bu asardagi turli xil voqealar, g'aroyib sarguzashtlar kitobxonni befarq qoldirmaydi. Daniel Defo esa hayotiy voqealarga asoslangan "Robinzon Kruzo" orqali dunyoga tanildi. Bu asarda insonning mehnat orqali nimalarga erisha olishi va insonning sabri qay darajada ekanligini tasvirlab, o'quvchi kitobxonga insonning iroda va matonatini ko'rsatib bera oldi. Shu bois ham bu kabi adabiyotlarni inson ma'naviyatida o'rni beqiyos deb ta'riflash mumkin. Yoshlar ko'pincha ertak va masallarni eshitishib ulg'ayishadi. Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri bo'lib toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar hisoblanadi. Ertak asosan Asosan, nasr shaklida yaratilib hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Jahon adabiyotida ertaklar orasida ayniqsa "Alibobo va qirq qaroqchi" ertagi o'zining eng ko'p o'qilganligi bilan ajralib turadi. "Alibobo va qirq qaroqchi" ertagi jahon adabiyotining nodir namunasi sifatida baholanib, bu asar "Ming bir kecha" turkumidan joy olgan. Ushbu asarni sevimli yozuvchimiz Abdulla Qahhor o'zbek tiliga tarjima qilgan. "Alibobo va qirq qaroqchi" ertagida Alibobo va Qosim ismli Aka-uka bo'lib, unda Qosim davlatmand Alibobo esa kambag'al bo'lib, o'tinchilik orqali kun ko'rardi. Bir kuni o'rmondagi sirlir tog'da qaroqchilar xazinasidan xabar topadi. Tog'dagi g'or "Sezam" nomi bilan ochilardi. Aliboboning akasi ochko'zligi tufayli qaroqchilar qo'lida xalok bo'ladi. Bu asarda Marjona ismli aqlli qiz ham bo'lib, u qaroqchilarning xiylasini sezib qoladi. O'zining fahmini ishga solib, Alibobo va uning yaqinlarini xalokatdan saqlab qoladi. Bu asarni o'qib shuni anglash mumkinki, inson boylik kelgandi Qosimdek shoshmaslik kerakligini anglash bilan birga, Marjona obrazidek har qanday vaziyatda aql bilan ish qilish va muammoni yechishda tafakkurni ishga solish kerakligini anglash mumkin. Asardagi topqirlik, abjirlik, xushyorlik, shoshmasdan ish qilish kabilarni umumiy xulosa sifatida ko'rsatish mumkin............ ©Shohruh Karimov QarDU talabasi. Telegram orqali murojaat uchun https://t.me/filolog_master telefon orqali bog'lanish uchun raqami +998948391168