Suhbat
Haqiqatga yaqin vs Niyatga bogʻliq kanallari admini,zoʻr kitobxon(maqtovlarni @niyatgabogliq kanalini biosidan izlang)) Niyat aka bilan kitoblar borasida suhbat qurdik.Suhbatni faqat oʻzbek adabiyoti mavzusida qilmoqchi edim lekin soʻkinishlar koʻpayib ketmasin deb aralashtirib yubordim.Balkim qiziqdir...
Husniddin:Oʻzizni qisqacha tanishtirib oʻtsangiz;
Niyat:Ismim Niyat. Telegramda kichkina kanalcham bor. Blogger emasman, shunchaki bo'sh vaqtimda kayfiyat beradigan nimadir yozaman. Kollejni Komputer texnologiyalar bo'limini tugatganman. Oliy ma'lumotli emasman, o'qimayman.
Husniddin:Birinchi marta oʻqigandayoq mahliyo boʻlib qayta qayta oʻqib chiqqan kitobingiz nomi nima?
Niyat:Ahmad Lufiy qozonchi - O'gay ona.
Husniddin:Oʻzbek adabiyotining eng yaxshi asari deb qaysini ayta olasiz?
Niyat: Shubhasiz Lolazor asari
Husniddin:Koʻproq qaysi janrdagi asarlarni mutolaa qilishni yoqtirasiz?
Niyat: Asosan detektiv va absurd adabiyotga qiziqaman
Husniddin:Eng sevgan iqtiboz'ingizni yozib berolasizmi?Niyat:Iqtiboslarga e'tibor bermayman. Shu sabab bironta iqtibosni ajratib ko'rsata olmayman. Lekin oxirgi marta Den Braun asaridan "Qo"riqchilarni kim qo'riqlaydi?" Gapi esda qolgan
Husniddin:Yozuvchilik tugʻma qobiliyat deb oʻylaysizmi yoki tajriba orttirib zoʻr yozuvchi boʻlish mumkinmi?
Niyat:Yozuvchilik ikkisi ham. Ba'zilar bitta asar yozadi umrida holos lekin zo'r bo'ladi. Ba'zilarda 100 tadan keyingi asarlari yaxshi chiqishni boshlaydi.
Husniddin:Eng sevgan yozuvchi'ngiz kim?
Niyat:Ahmad Lutfiy Qozonchi
Husniddin:Oʻzbek adabiyotidagi "qora dogʻ" deb qaysi yozuvchini ayta olasiz?
Niyat:Azamat qorjovov
Husniddin:Qaysi yozuvchidek boʻlishni istardingiz.Qaysi yozuvchini ideal inson sifatida koʻrasiz?
Niyat:Ideal sifatida ko'rmayman. Lekin bir boshqa olam yarata olgan Roulingdek bo'lishni xohlagan bo'lardim.
Husniddin:Hozirgacha oʻqigan kitoblariz soni qancha?
Niyat:8 mingtacha
Husniddin:Kimgadir kitob sovgʻa qilganmisiz?.Kimga ekanini ayta olasizmi?
Niyat:Hech kimga kitob sovg'a qilmaganman.
Husniddin:Qaysi sevgi haqidagi romanni oʻqib yigʻlagansiz(yoki unaqasi boʻlmaganmi?)
Niyat:Sevgi haqida roman? Yoq o'qimagan ekanman
Husniddin:Oʻzbekiston yaxshi "erkin" yozuvchilar bormi sizningcha?
Niyat: Yoq. Hech o'ylamaganman. Buni iloji yu
O'zbekistonda erkin yozuvchilar bo'lgan qachonlardir...
Niyat aka sizga yoqimli suhbat uchun minnatdorchilik bildiramiz.