MR.GENERAL
Yomg‘irli tong. Taehyung armiyadagi yangi hayotining ilk kunini boshladi. General Kim Namjoon uni shaxsiy nazorati ostiga oldi. Bu qaror armiyada ko‘pchilikni hayratga soldi.Taehyungning ichki dunyosi esa notinch edi. Uning bolalikdagi og‘riqlari, yetimxonadagi xotiralari va yo‘qolgan Y/N haqidagi savollar uni tinch qo‘ymadi. Har bir mashg‘ulotda, har bir buyruqda u o‘zini sinovdan o‘tkazdi. Taehyung o'ychang bo'lib qolganidan armiyadagi topshiriqlarni o'z vaqtida qilolmasdi va doimgidek jazo olardi.
Doimgidek hamma o'z mashg'ulotlari bilan shug'ullanayotganda bir hamshirani baqirgan ovozi hammani o'ziga tortdi. Hamma soldatlar ovoz chiqgan tarafga yugurib borishdi ko'rgan narsalariga ishonmasdilar. Taehyung ham bu holatda hayratda (shok) edi va soldatlarning gapi qulog'iga eshitldi.
Soldat🥷: bu birinchisi emas.. menga bu narsa yoqmayapti. Oramizda kimdir bu ishni qilgani aniq..-dedi va Taehyung hayron unga qaradi va so'radi.
Tae: bu birinchisi emas nima diganingiz?
Soldat🥷: aytmoqchimanki bu birinchi soldatning o'lishi emas. Yana doimgidek general lavozimiga ko'tarilgan yigitla edi barchasi siz yangisiz shundaymi?
Tae: nega..nega unda o'sha qotilni qidirmayapsizlar?
Soldat 🥷: qotil kimligini aniqlash bizga qiyinlik qilyapti..u hech qanday iz qoldirmaydi.
Taehyung indamay yana o'sha jasad soldatga qaradi. Hayol surib unga qarab turarkan ortidan tanish ovozni eshitdi va o'girildi.
Namjoon: bilishimcha sen nimadir haqida o'ylayabsan?
Tae: Ha....Janob..nega bunga hamma oddiy qarayapti..ya'ni hayratda lekin qiziqish yo'q?
Namjoon lab chetida kulib: balkim bu ularni qo'rqitgandir
Hamshiralar jasadni soldatni olib ketishdi. Hamma tarqaldi faqat Taehyung o'sha yerda qoldi. U bu ishga qiziqdi ammo ichidagi qo'rquv sabab biron ish qilishga qurbi yetmayotgandi...
Yomg‘ir hali ham tinmagandi. Osmondan yog‘ayotgan tomchilar xuddi har bir aybsiz jon uchun yig‘ilayotgandek edi. O‘sha tongda sodir bo‘lgan voqea, askarlar orasida og‘ir sukunat olib kelgan bo‘lsa-da, hech kim bu sukunat ichidagi qichqiriqni eshitmasdi… hech kim, Taehyungdan boshqa.
U o‘sha voqeani eslarkan, tanasiga qorong‘ilik yugurgandek bo‘ldi. O‘sha jasadga tikilib turganida, o‘zini o‘tmishdagi bir holatda ko‘rdi. Bolalikda, yetimxonada, bir kechasi Y/ning yo‘qolib ketgan kuni… va undan keyingi jimjit tong.
General Namjoon Taehyungga ishonganini aytgandi. Ammo bu ishonch sinov edi. Chunki o‘sha o‘limlar... har doim bitta narsani takrorlardi:
Yuqori lavozimga tayinlangan askarlar.
Biror sabab bormi? Xavf kimdan kelmoqda? Qaysi kuch ularni tanlaydi?
Oradan bir kun o‘tdi. Yana bir soldat o‘q otish mashg‘ulotidan keyin yo‘qoldi. Ertalab esa uning jasadi sport zali orqasida topildi. Bu safar jasad yonida Kechikding, General. degan yozuv bor edi.
Taehyung titradi. Bu so‘zlar... kimdir uni tanlayotgandi. Kimdir uni chaqiryapti xuddi bir o‘yin kabi.
U kechasi Namjoonni qidirdi.
Tae: Janob… meni nega bu yerga olib keldingiz?
Namjoon: Chunki sen boshqalardan farq qilasan. Sen bu o‘yin qoidalarini buzishni bilasan. Faqat... hali boshlamading.
Namjoon: Yo‘q, bu urush. Ruhiy urush. Qachonki yuragingga shubha kirsa sen yutqazasan.
Tae xonasiga qaytdi. Ust-boshini yechmay, ko‘zlarini shiftga tikdi. Har tomondan so‘zsiz savollar yuragini siqardi. U uxlab qolarkan, orzulari aralash tushga aylanardi.
O‘sha tunda, yana o‘zini bola sifatida ko‘rdi. Tashlab ketilgan, qorong‘i yetimxonada. Yuragiga igna sanchilgandek bir ovoz:
Top meni... yo‘qsa, sen ham ular qatorida bo‘lasan.
Ertasi kuni Tongda Taehyung yashirin kutubxonani topdi. Askarlar ruxsatsiz kira olmaydigan joy. Ichkariga kirgach, u ko‘rdi devorlarga qadalgan fotosuratlar. Har biri: General lavozimi uchun tanlangan, lekin vafot etgan askarlar.
Va bitta bo‘sh joy qoldirilgan.
Tae orqaga bir qadam tashladi. Nafasi tezlashdi. U yozuvga ko‘zi tushdi Kelgusi — K-41
Uning kod nomi.Qorong‘ulik chuqurlashdi. Kimdir ichkaridan yo‘l ko‘rsatyapti. Ammo bu yo‘l haqiqat sari emas, taqdirning eng chuqur labirinti sari olib boradi.
Taehyung bugun o‘zini birinchi bor ajralgan, yolg‘iz jangchi kabi his qildi.Kutubxonada ko‘rgan surat, "K-41" yozuvi, va yozilgan so‘z uni chalg‘itmay qo‘ydi. Kimdir uni tanlab bo‘lgandi. U endi faqat kuzatuvchi emas bu o‘yinning navbatdagi qurboni yoki yechuvchisiga aylangandi.Namjoon esa o‘z ofisida... bemalol kofe ichardi. Qoshlarining orasida hech qanday xavotir belgisi yo‘q edi. Shunchalik osoyishta... shunchalik bexavotir. U stol ustidagi faylga ko‘z yugurtirar, har bir sahifada:
O‘ldirilgan askarlarning harakatlari, xatolari va ruhiy zaifliklari yozilgandi.Bu — oddiy tergov hisobotlari emasdi. Bu — qotilning o‘ziga yozgan kundaligi edi.
Namjoon har bir askarni kuzatgan, ularning eng zaif nuqtalarini aniqlagan... va ular eng kuchli bo‘lishga harakat qilgan vaqtda ularni yanchgan.Tae esa bu vaqt ichida har bir o‘lik askar haqida ma’lumot to‘play boshladi. U ularni umumiy bir jihatdan tahlil qilar ekan, bir nuqtani anglab yetdi: har biri psixologik jihatdan sinov ostida bo‘lgan, shaxsiy travmalarga ega bo‘lgan yigitlar edi.
Ular armiyada general unvoniga munosib ko‘rilgan, lekin ichki jihatdan buzilgan bo‘lgan. Va kimdir buni bilgan. Kimdir ularning ruhiy singan joyini topgan… va undan foydalangan.
Taehyung bu savollar bilan Namjoonga murojaat qilgandi:
Tae: Nega ularning barchasi aynan ko‘tarilayotgan vaqtda o‘lgan?
Namjoon: (sokin jilmayib) Ba’zilar parvoz qilish uchun yaratilmagan, askar.Tae ichida nimadir siljigandek bo‘ldi. Bu so‘zlar... oddiy maslaxatday tuyular, ammo orqasida nimadir bor edi. U Namjoonga qaradi. Ko‘zlari jiddiy, lekin chuqur... ichkaridan bo‘m-bo‘sh edi.O‘sha kechasi, yana bir askar K-34, osilgan holda topildi. Ammo bu safar... o‘sha joyda kamera yashirin o‘rnatilgan edi. Taehyung, o‘zi yashirincha joylashtirgan kamerani tekshirib chiqqach, yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Videoda qora harbiy kiyimda kimdir askarni bo‘g‘ayotganini ko‘rish mumkin edi. Ammo oxirgi daqiqada… yuzidagi niqob tushib ketadi. Kamera sifati yomon, lekin u ko‘zlarni aniq tanidi.
Namjoon.
Endi Taehyung tanlovda edi:
Haqqoniylikmi — yoki sukut?
Qasosmi — yoki najot?
Namjoon esa xonada, qora daftarining navbatdagi sahifasiga yangi ismi yozdi:
K-41 — Kim Taehyung.
Tun. Armiya bazasining eng yiroq, eng qorong‘i burchagida Taehyung yolg‘iz o‘tirardi. Qo‘lida kamera kartasi, yuragida esa dard. Videoni yana va yana ko‘rardi. Har gal Namjoonning yuzini ko‘rganida ich-ichidan nimadir sinardi. U ishonmoqchi emasdi. Yo‘q… ishonolmasdi.
Lekin ko‘zlar aldamaydi.Yostiq ichidan Y/nga tegishli kichkina suratni chiqardi. Surat yillardan beri burushgan, lekin undagi nigoh hanuz tirik edi. Y/n. Uning bolalikdagi yagona quvonchi. U yetimxonadan kutilmaganda olib ketilgandi. Keyin u haqida hech kim hech narsa eshitmadi.
Lekin endi Taehyung shubhalanardi: Y/ning yo‘qolishida ham Namjoon qo‘li bo‘lganmi?Ertasi kuni, general Namjoon Taehyungni shaxsiy ofisiga chaqirdi. Deraza ortidan quyosh botayotgan edi. Yorug‘lik Namjoonning yuziga tushar, ammo soya yuragini yashirar edi.
Namjoon:
Yaxshilab uxlayapsanmi, K-41?
Tae:
Yo‘q, janob. Uxlash… menga ruxsat bermaydi endi.
Namjoon jilmaydi. Bu safar kulgusi sovuq edi. Qon aralash jilmayish. Ko‘zlar esa bo‘shliq.
Namjoon:
Ba’zida uxlamaslik ko‘proq narsani ko‘rishga yordam beradi.
Taehyungning yuragi urib ketdi. Bu so‘zlar… nimanidir anglatardi. U nima qilsa ham o‘zini bildirmasligi kerak edi.Oradan bir necha kun o‘tdi. Bazada yana bir o‘lim. Ammo bu safar Taehyung harakat qildi. U o‘lik askarning cho‘ntagidan kichik qog‘oz topdi. Unda atigi bitta jumla bor edi:
Ular tanlaydi. U kuzatadi. U o‘chiradi.
Bu “U” kim? Taehyung buni bilardi. Ammo hech qanday isbot yo‘q edi. Faqat… sirli daftar.Taehyung kechasi Namjoonning ofisiga yashirincha kirishga qaror qildi. Kalitni ehtiyotkorlik bilan o‘girdi. Ichkarida hech kim yo‘q edi. Stol tortmasidan qidirib, qora charm qoplangan daftarni topdi. Qaltirab ochdi.Ichkarida har bir askarning nomi, kuchli va zaif tomonlari, ruhiy tahlillari yozilgandi. Ular qanday o‘ldirilgani, nima sabab bo‘lganini yozgan edi. Bu oddiy daftar emasdi. Bu jinoyatchining rejasi, qotilning manifesti edi.Va oxirgi sahifada…
K-41 yuragi qattiq, ammo ruhan siniq. Nuri bor, ammo qorong‘i tomoniga yaqin. Uni yo‘q qilish xavfli. Ehtiyot bo‘l.Qisqacha Tez orada.Tae stulga o‘tirib qoldi. Demak navbatdagi qurbon o‘zi edi.Endi u sukutda o‘tirishni tanlamadi. U o‘z rejasini boshladi.Avvalo Y/n haqidagi haqiqatni topishi kerak. Keyin Namjoonni fosh qilishi.Ammo bilmasdi… Namjoon uning har bir qadamini ko‘rayotgan, unga “o‘yin” kabi qarayotganini.