More than pretend
Maktab sekin yana oddtiy holiga qaytdi. Koridorlarda yana kulgi. Darslar. Shovqin. Huddi hech narsa bo‘lmagandek. Lekin Jisung uchun hammasi o‘zgargandi.
-— Minho bilan пачти gaplashmay qo‘ygandi. Bir sinfda bo‘lishsa ham, begonalardek yurishardi.
Bazann eye contact bolib qolardi
. Lekin birinchi bo‘lib har doim Jisung kozini olib qochardi.
Chunki Minhoga qarash hali ham og‘riq berardi.
Eng yomoni esa— Minho hali ham uni yaxshi ko‘rayotgandek qarardi. Va bu Jisungning ichini battar ezardi.
— Yejun voqeasi yopildi. Rasmiy xulosaga ko‘ra:
Hamma shu bilan yashashda davom etdi. Faqat to‘rt odamdan boshqa. Minho.
— Seojun esa o‘zgargandi. Avvalgidek sovuq emasdi.
Lekin Jisung yonida boshqacha bo‘lib qolardi. Yengilroq. Tinchroq.
— Bir kuni darsdan keyin Jisung sport zalining orqasida uni kordi.
Seojun yerda o‘tirib, eski kamerani aylantirib o‘ynab turardi. O‘sha kamera. Uch yil oldingi.
Jisung yoniga sekin o‘tirdi. Bir necha soniya hech kim gapirmadi. Keyin Seojun kulimsiradi.
— Hali yam mandan qo‘rqasanmi? Jisung burnini tortdi.
Seojun kuldi. Bu safar chinakamiga. Va Jisung bir narsani sezdi: Seojun kulganda ko‘zlari juda chiroyli bo‘lar ekan.
— Nega videolarni jonatding? Seojunning qo‘llari sekin to‘xtadi.
— Chunki hech kim haqiqatni eslashni xohlamagandi.
Jisung unga qaradi. Bu gap yolg‘on emasdi.
-— Shamol sekin esardi. Seojun birdan past ovozda dedi:
— O‘sha kuni tomda… men ham sakramoqchi bo‘lgandim.
Seojun kulgandek bo‘ldi, lekin ko‘zlari g‘alati edi.
— Yejunni ushlolmaganimdan keyin o‘zimni yomon ko‘rgandim.
Jisung nima deyishni bilmadi. Seojun esa davom etdi.
— Lekin Minho meni ushlab qolgandi. Sukunat.
— Shuning uchun u o‘zini aybdor his qiladi. Jisung yuragi siqildi.
— Uni hali ham yaxshi ko‘rasanmi? Savol o‘zi chiqib ketdi.
Seojun bir necha soniya Jisungga qarab turdi.
Chunki ichida hali ham nimadir bor edi. Lekin bu sevgi endi charchoq bilan aralashib ketgandi.
— Kechqurun Jisung maktab tomiga chiqdi. O‘sha tom. Hammasi boshlangan joy. Minho u yerda allaqachon turardi. Go‘yo kelishini bilgandek.
— Bir necha soniya ikkalasi ham gapirmadi. Faqat shamol. Va uzoqdagi shahar chiroqlari.
Minho kulimsiradi. Juda charchagan kulgu edi.
— Dadam ishini almashtirdi. Keyingi hafta Busanga ko‘chamiz. Jisungning ichi g‘alati bo‘lib ketdi. Shuncha narsadan keyin ham… bu gap og‘riq berdi.
Faqat shu chiqdi og‘zidan. Minho unga qaradi. Ko‘zlari avvalgidek edi. Yumshoq. Og‘riqli.
Bu rost edi. U Minhoni yomon ko‘rmasdi. Shunchaki… endi oldingidek qarolmasdi. -— Minho kulimsiradi.
Keyin asta yaqinlashdi. Jisung qimirlamadi. Minho qo‘lini uzatib, uning sochlarini sekin tartibga soldi. Xuddi oldingidek. Va aynan shu narsa yurakni battar og‘ritardi.
— Sen bilan bo‘lgan narsalarimning birortasi soxta emasdi, — dedi Minho past ovozda.
Jisung ko‘zlarini yumdi. Chunki shu gapni eshitish eng qiyini edi.
-— Minho asta orqaga chekindi.
— Xayr, Jisung. Va ketdi. Bu safar Jisung uni to‘xtatmadi.
Maktab asta yangi xotiralar bilan to‘ldi. Minho esa qaytmadi.
-— Bir kuni darsdan keyin Jisung kutubxonadan chiqayotganda yomg‘ir boshlanib ketdi.
Shu payt yonidan kimdir soyabon tutdi. Seojun.
Seojun kulib yubordi. Va bu kulgi endi qorong‘i emasdi.
-— Ular yonma-yon yurishdi. Sekin. Tinch. Jisung uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zini yengil his qildi. O‘tmish hali ham og‘riqli edi. Lekin u endi o‘sha yerda yashamayotgandi.
Seojun unga qaradi. Ko‘zlari bu safar qochmadi.
— Bu safar hech kim seni yolg‘iz tashlab ketmaydi.
Jisung bir necha soniya indamay turdi. Keyin sekin kuldi. Va birinchi marta u bu gapga ishondi.
Chunki bu gap shunchaki taskin emasdi. Bu va’da edi.
— San ba’zan juda cheesy gapirasan. — Lekin ketmayapman-ku.
Bu gapdan keyin ikkalasi ham jimib qoldi. Yomg‘ir ovozi kuchaydi. Seojun soyabonni biroz pastroq tushirdi. Ular bir-biriga juda yaqin turib qolishdi.
-— Jisung uning ko‘zlariga qaradi. Bu ko‘zlarda yolg‘on yo‘q edi. Yashirish ham. Qo‘rquv ham. Faqat charchagan, lekin rost hislar. Va Jisung asta tushundi— u endi o‘tmishga qaytishni xohlamaydi.
-— Seojun sekin qo‘lini uzatib, Jisungning nam sochlarini qulog‘i ortiga surdi. Harakati ehtiyotkor edi. Go‘yo Jisung yo‘qolib qolishidan qo‘rqayotgandek.
— Nega bunaqa qarayapsan? — dedi Jisung past ovozda. Seojun yengil kuldi. — Chunki bu safar haqiqiyligiga ishonmayapman. Jisung yuragi siqilib ketgandek kulib yubordi.
-— Keyin Jisung o‘zi oldinga yurdi. Seojun bir lahza qotib qoldi.
Va Jisung uning lablaridan sekin o‘pdi. Bu kiss shoshilinch emasdi.
Huddo uzoq davom etgan bo‘ron endi tugagande.
-— Ular ajralganda Seojun hali ham yaqin turardi. Peshonalari deyarli tegib turardi. Jisung sekin kuldi.
Faqat bu safar kulgisi chinakam baxtli edi.
— Ko‘chaning narigi tomonida esa kimdir jim turardi.
U soyabon ham tutmagandi. Shunchaki uzoqdan ularga qarab turardi. Ko‘zlarida na g‘azab bor edi…
Minho esa bir necha soniya ulardan ko‘z uzolmadi. Keyin juda sekin kulimsiradi. Achchiq kulgu. Lekin yengil.
Go‘yo nihoyat qo‘yib yuborayotgandek. — Va bu safar u ortiga burilib ketdi. Yolg‘iz.
Lekin yengil. Go‘yo nihoyat qo‘yib yuborayotgandek. -— Va bu safar— u ortiga burilib ketdi. Yolg‘iz.