May 29

More than pretend

Episode-9

Hech kim telefonga tegmadi.

Yomg‘ir tinmay yog‘ardi.

Minho esa ekrandan ko‘zini uzmasdan qarab turardi.

> “Bu safar kim yiqilishini ko‘ramiz.” Jisungning ichi muzlab ketdi.

Bu hazil emasdi endi.

Kimdir atelab ularni qo‘rqitvotti. Va o‘sha odam hamma narsani biladi.

— Ketamiz, — dedi Minho past ovozda. Lekin Seojun joyidan qimirlamadi. U telefonni olib, ekranga qarab qoldi. Birdan yuzi o‘zgardi.

— Bu telefon…

Hyunwoo shundo unga qaradi.

— Nima?

Seojun labini qattiq tishladi.

— Bu Yejunning telefoni.

Jisung kyn Minhoga qaradi.

Minho oqarib ketgandi.

Uyga qaytgandan keyin ham Jisung uxlomadi. Boshida faqat bir narsnani o'ylardi: Agar Yejun o‘lgan bo‘lsa… telefoni qanday qilib paydo bo‘ldi? Va kim xabar jonatdi?

-— Tungi 03:12. Telefon qimirladi. Notanish raqam.

Bu safar video emas.

Jonli joylashuv.

Eski tom.

Maktab tomi.

Jisung yuragi tez urib ketdi. Pastida esa yozuv bor edi:

> “Oxirgi marta.”

-— Jisung hech kimga etmadi. Kurtkasini kiyib, uydan chiqib ketdi. Yomg‘ir hali ham yog‘ardi. Maktab qorong‘i edi. Faqat tom eshigi ochiq. Sekin tepaga chiqdi. Nafasi tezlashgan. Va tomga chiqishi bn qotib qoldi. Kimdir chetda turardi. Ho‘l forma. Qora hoodie. Seojun.

— Senmi yozvotgan?

Seojun tez javob bermadi. Faqat yomg‘ir tagida turardi. Keyin sekin kuldi.

— Agar “ha” dsam ishonasanmi? Jisungning jahli chiqdi.

— boldi endi! Hamma nimanidir yashiryapti!

Seojun asta unga qaradi. Ko‘zlari qizarib ketgandi. Uyqusizlikdanmi… yig‘laganidanmi bilinmasdi.

— Chunki haqiqat iflos.

— Shu payt tom eshigi ochildi. Minho. U nafasi bo‘g‘ilib yugurib kegandi.

— Jisung! Minho Jisung tomonga yurdi. Lekin Seojun birdan oldinga chiqdi.

— To‘xta. Atmosfera birdan taranglashdi. Yomg‘ir tom ustiga qattiq urardi.

— Endi aytasanmi? — dedi Seojun Minhoga.

— Yoki yana yolg‘on gapirasanmi? Minho indamadi. Seojun kuldi. Achchiq. — O‘sha kuni Yejunni kim chaqirgandi tomga?

Jisung sekin Minhoga qaradi. Minho ko‘zlarini yumdi. Va juda sekin: — Men. Jisungning yuragi siqildi.

— Nega?

Minho javob bermadi. Seojun esa davom etdi.

— Chunki Yejun hammasini bilib qolgan — Nimani?

Bu safar Hyunwoo ovozi eshitildi. U ham kelgandi. Ho‘l sochlari yuziga yopishgan. U charchagandek ko‘rinardi. Juda. Hyunwoo sekin kuldi.

— Bizning qanchalik yomon odam ekanimizni.

Jisung hech narsani tushunmay qoldi. Hyunwoo devorga suyandi.

— O‘sha kuni hech kim Yejunni itarmagan.

Hamma jimib qoldi.

— U o‘zi sakragan.

Minho tez boshini ko‘tardi.

— Jim bo‘l.

— Endi nima farqi bor?!

Hyunwooning ovozi titradi.

— U oldin ham muammoli edi! Hamma narsani boshiga olardi! O‘sha kecha ham — YETADI!

Minho birinchi marta baqirdi.

Jisung sapchib tushdi.

— Hyunwoo ko‘zlarini yumdi. Keyin juda past ovozda dedi:

— U sakrashidan oldin bitta gap aytgandi.

Yomg‘ir ovozi kuchaydi.

— “Siz hech qachon bir-biringizni tashlab ketmaysiz. Meni esa allaqachon tashlabsizlar.”

Sukunat. Og‘ir. Ezuvchi.

— Jisung asta ortga chekindi. Hammasi ichida aralashib ketayotgandi. Minho. Yolg‘onlar. Videolar. Yejun. Seojun. Hammasi chirkin edi.

Minho unga yaqinlashdi.

— Jisung, man—

— Tegma.

Minho qotib qoldi. Jisung ko‘zlarini ob qochdi.

— Sen boshidan rost gapirmading.

— Sani himoya qilmoqchi edim.

— Yo‘q.

Jisung bosh chayqadi.

Ko‘zlari namlanib ketgandi.

— San o‘zingni himoya qilding.

Bu gap Minhoni yuragiga tegandek bo‘ldi.

— Tom ustida hech kim gapirmadi.

Oxiri Jisung sekin ortiga burildi.

Va ketdi. Minho uning ortidan bormadi.

. Oxiri Jisung sekin ortiga burildi. Va ketdi. Minho uning ortidan bormadi.