May 1

More than pretend

Episode-3

Jisung ketdi.

Bu safar u shunchaki qochib ketmadi.

U haqiqatan ham ketdi.

Koridordagi shovqin ham, odamlarning gaplari ham unga yetib bormayotgandek edi. Qadamlarini tezlashtirdi. Nafasi og‘irlashdi. Ichida faqat bitta gap aylanardi:

“Men tanlov emasman.”

— Minho esa joyida qotib qolgandi. Jisungning ortidan yugurish kerakligini bilardi. Uni to‘xtatish kerakligini ham. Lekin oyoqlari qimirlamadi.

Hyunwoo yonida turib, yengil kuldi.

— Ko‘rdingmi? — dedi u.

— Hammasi o‘sha-o‘sha.

Minho asta unga qaradi.

Bu qarash… sovuq edi.

— Jim bo‘l.

Hyunwoo kulishni to‘xtatmadi.

— Sen hali ham o‘zgarmabsan.

Minho unga yaqinlashdi.

— Sen esa haddan oshyapsan.

— Men faqat haqiqatni aytyapman, — dedi Hyunwoo xotirjam.

— Oxirida nima bo‘lishini ikkalamiz ham bilamiz.

— Yo‘q, — dedi Minho past ovozda. Hyunwoo bir lahza jim qoldi.

— Bu safar boshqacha.

— Minho nihoyat harakat qildi.

U burilib, Jisung ketgan tomonga yugurdi.

— Ammo Jisung allaqachon yo‘q edi. — O‘sha kuni u maktabdan erta chiqib ketdi. Telefoniga kelgan qo‘ng‘iroqlarni ko‘rmadi. Xabarlarni o‘qimadi. U faqat yurdi. Qayerga borayotganini o‘zi ham bilmasdi.

— Kech tushganda u nihoyat to‘xtadi. Ko‘prik yonida. Shamol salqin esardi. Jisung panjara yonida turib, pastga qaradi. Ichidagi hislar chalkash edi. G‘azab. Og‘riq. Va eng yomoni — umid. — Sen har doim shu yerga kelasiz, — degan ovoz eshitildi.

Jisung qotib qoldi. Sekin orqasiga qaradi. Minho.

— Meni kuzatyapsanmi? — dedi Jisung sovuq ohangda.

Minho bosh chayqadi.

— Yo‘q. Seni qidiryapman.

— Jisung kuldi.

— Farqi bormi?

Minho unga yaqinlashdi.

— Bor.

Ular orasida yana o‘sha sukunat. Lekin bu safar u og‘irroq edi.

— Nega hech narsa demading? — dedi Jisung oxiri. Minho javob bermadi. Jisung ko‘zlarini yumdi.

— Mana shu… — dedi u.

— Mana shu meni charchatdi.

— Men tanlov emasman, — dedi u yana, sekinroq.

Minho darhol javob berdi:

— Sen tanlov emassan.

— Jisung ko‘zlarini ochdi.

— Unda nega…?

Gapini tugatolmadi.

— Minho chuqur nafas oldi.

— Chunki men qo‘rqdim. Bu javob kutilmagan edi.

— Nimadan? — dedi Jisung past ovozda.

— Seni yo‘qotishdan.

— Jisung jim qoldi.

Bu gap… juda sodda edi.

Lekin juda kech aytilgandek tuyuldi.

— Sen allaqachon yo‘qotding, — dedi u sekin.

Minhoning ko‘zlari o‘zgardi.

— Yo‘q, —dedi u qat’iy. U yana bir qadam yaqinlashdi.

— Agar sen hali shu yerda bo‘lsang… demak yo‘qotmaganman.

— Jisung orqaga chekinmadi. Lekin oldinga ham qadam qo‘ymadi.

— Hyunwoo-chi? — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Savol havoda osilib qoldi.

— Minho bir lahza jim qoldi.

— U o‘tmish.

— Lekin u qaytdi, — dedi Jisung.

— Men esa yo‘qman.

— Minho bosh chayqadi.

— Sen… hozirsan.

— Jisung kuldi.

Bu kulgi achchiq edi.

— So‘zlar oson.

— Minho qo‘lini uzatdi.

— Unda isbotlab beraman.

— Jisung uning qo‘liga qaradi. Bir necha soniya. Uning yuragi tez urardi. Lekin u qo‘lni ushlamadi.

— Kech qolding, — dedi u sekin.

— Bu gap Minhoni to‘xtatdi.

— Jisung burildi. Bu safar u yana ketdi. -— Minho qo‘lini sekin tushirdi. Bu safar u ortidan yugurmadi.

— Chunki u tushundi. Bu safar gap faqat uni ushlab qolishda emas edi. Bu safar u Jisungni qayta ishonishga majbur qilishi kerak edi.

-— Va bu oson bo‘lmaydi. -— Ertasi kuni maktabda hamma narsa boshqacha edi. Jisung kelmadi.

-— Minho sinfda jim o‘tirardi.

Hyunwoo esa odatdagidek beparvo ko‘rinar edi.

— Ko‘rmadingmi? — dedi u asta.

Minho unga qaradi.

— Nimani?

— U ketyapti, — dedi Hyunwoo.

— Bu safar rostdan ham.

— Minhoning yuragi siqildi.

— Nima demoqchisan?

— Hyunwoo yelka qisdi.

— Transfer.

— Sukunat.

— Qachon? — dedi Minho darhol.

— Hyunwoo unga qarab, sekin kuldi.

— Tez orada.

— Bu safar Minho kutib turmadi. U o‘rnidan turib chiqib ketdi.

— Chunki u nihoyat tushundi: Agar bu safar ham hech narsa qilmasa… hammasi tugaydi.

…va bu safar uni qaytarib bo‘lmaydi.