More than pretend
Shamol hali ham sovuq esardi. Lekin bu safar Jisung qo‘lini tortib olmadi. Minho esa uning barmoqlarini mahkamroq ushladi. Go‘yo bir soniya qo‘yib yuborsa, yana yo‘qotadigandek. Ular bir necha daqiqa jim turishdi. Faqat shamol ovozi. Faqat yurak urishlari. Keyin— Minhoning telefoni titradi. Ekranda bitta ism yonib turardi. Na Hyunwoo. Jisungning nigohi darrov telefonga tushdi. Minho esa qo‘ng‘iroqqa tikilib qoldi. Javob bermadi. Telefon yana jiringladi. Va yana. Oxiri Jisung sekin qo‘lini tortib oldi.
— Balki kerakdir. Minho chuqur nafas oldi. Keyin qo‘ng‘iroqni rad etdi. Ammo oradan ikki soniya o‘tib, telefoniga xabar keldi. "Bu safar ham kech qolyapsan." Minhoning yuzi birdan jiddiylashdi. Jisung buni sezdi.
— Yolg‘on. Minho javob bermadi. Va aynan shu sukut Jisungni yana bezovta qildi.
— Ertasi kuni maktab g‘alati jim edi. Go‘yo hamma nimanidir kutayotgandek. Jisung sinfga kirganida, odamlar birdan gapni to‘xtatishdi. Bu unga yoqmadi. Juda yoqmadi. U joyiga o‘tirayotganda, kimdir stoliga qog‘oz tashladi. Buklangan. Nomsiz. Jisung sekin ochdi. Ichida faqat bitta gap yozilgan edi: "Minho senga rostini aytmadi." Pastida esa sana bor edi. 17-oktabr. Jisung qoshlarini chimirdi. Bu sana nimani anglatardi?
— Uni o‘qima. Minhoning ovozi yonidan eshitildi. Jisung seskanib ketdi.
— Sen qachondan beri odamlarni qo‘rqitib yuradigan bo‘lding? Minho qog‘ozni qo‘lidan oldi. Uni g‘ijimladi. Ammo yuzidagi taranglik yashirinmadi
— Unda nega stressing chiqyapti? Minho javob bermadi. Yana. Doimgidek. -— Tanaffus payti Hyunwoo koridor oxirida turardi. Ular tomonga qarab. Kulib. Jisungning ichidan nimadir o‘tdi. Go‘yo bu bola hamma narsani biladigandek. Va aynan shu narsa uni qo‘rqitardi. -
— Kechqurun yomg‘ir yog‘di. Jisung uyiga qaytgach, sumkasini stolga tashladi. Ammo nimadir g‘alati edi. U sumkani ochdi. Ichida o‘zi qo‘ymagan narsa bor edi. Qora fleshka. Yuragi tez urdi. Sekin uni laptopga uladi. Ekranda faqat bitta video chiqdi. Nomsiz. Davomiyligi: 02:17. Jisung videoni bosdi. Avval tasvir qorong‘i edi. Keyin kamera titrab ochildi. Va
— Minho. Ancha oldingi Minho. Ko‘zining cheti yorilgan. Yomg‘ir ostida turardi. Kimdir kameraning ortidan kuldi. Hyunwoo.
— Qaranglar, — dedi u videoda.
Keyin video ichida Minho keskin kamera tomonga yurdi.
Tasvir birdan titradi. Shovqin. Va video tugadi.
— Jisung muzlab qolgandek ekranga qarab turdi. Bu nima edi? Nega Minho hech narsa demagan? Va eng muhimi— Bu videoni unga kim yubordi? Telefoni titradi. Notanish raqam. "Endi tushunyapsanmi?" Yana bitta xabar keldi. "17-oktabrda nima bo‘lganini bilishni xohlaysanmi?" Jisung darrov yozdi: "Sen kimsan?" Javob uzoq kelmadi. "Minho seni himoya qilayotganini o‘ylaysanmi?" "Yo‘q." "U o‘zini himoya qilyapti."
— Eshik taqilladi. Jisung seskanib ketdi. Minho. U eshik oldida turardi, nafasi tez. Go‘yo yugurib kelgandek.
— Telefoningni o‘chir, — dedi u darrov. Jisung asta o‘rnidan turdi.
— Yo‘q. Minho bir lahza jim qoldi. Keyin uning nigohi laptop ekraniga tushdi. Video. Minhoning yuzi oqarib ketdi.
— …Sen ko‘rdingmi? Jisung asta bosh irg‘adi.
— Bu nima edi, Minho? Sukunat. Og‘ir. Bezovta qiluvchi. Keyin Minho past ovozda dedi:
— Bu hikoyaning sen bilmaydigan qismi. Jisungning yuragi siqildi.
— Unda aytib ber. Minho ko‘zlarini yumdi. Go‘yo aytmoqchi bo‘lgan gaplari juda og‘irdek. Va nihoyat—
— 17-oktabr kuni… kimdir kasalxonaga tushgan edi. Jisung qotib qoldi.
— Kim? Minho javob berishga ulgurmay— Telefon yana titradi. Bu safar ikkisi ham ekran tomonga qaradi. Yangi xabar. Rasm. Qorong‘i koridor. Va devorda qon rangida yozilgan bitta gap: “Bu safar ham uni qutqara olmaysan.”