More than pretend
Bu safar u hech narsani o‘ylamadi.
Na Hyunwoo, na o‘tmish, na boshqalar. Faqat bitta narsa bor edi: Jisung ketyapti. Va u bunga yo‘l qo‘ymasdi.
-— U telefonini chiqardi, qo‘llari biroz titrardi.
— Ol, iltimos… — dedi u o‘ziga.
— …Nima? — Jisungning ovozi eshitildi. Sovuq.
— Minho bir lahza gapira olmadi.
— Nima qilasan bilib? — dedi Jisung.
— Chunki bu safar seni topishim kerak. — Sukunat.
— Endi kech. Va u telefonni o‘chirdi.
Keyin u yugurishni davom ettirdi.
— U bilardi. Jisung qayerga borishini. Har doim.
— Shamol yana o‘sha kabi esardi. Va u yerda… Jisung yana turardi.
— Minho bu safar sekinlashmadi.
— Qochishni bas qil! — dedi u balandroq.
— Chunki qolish uchun sabab yo‘q.
— Bu gap Minhoga qattiq tegdi. U bir necha qadam yaqinlashdi.
— Sen hali ham tushunmayapsan.
— Men ikkinchi variant bo‘lishni xohlamayman.
— Lekin o‘zimni shunday his qildim!
— Rahmat, aynan shu gap kerak edi.
— …chunki men hech qachon ikkilanmadim.
— Men seni boshidan tanlaganman, — dedi Minho.
— Jisungning ko‘zlari biroz o‘zgardi. Lekin u hali ham himoyada edi.
— Bu gaplar hech narsani o‘zgartirmaydi.
Endi ular orasida faqat bir qadam qolgan edi.
— Men seni yana yolg‘iz qoldirmayman. — Va agar kerak bo‘lsa… u chuqur nafas oldi
— men har kuni boshidan boshlayman. -— Jisungning yuragi tez ura boshladi. U buni yashira olmadi.
— Sen juda kech kelding, — dedi u past ovozda.
— Shamol kuchayib esdi. Ularning orasidagi sukunat bu safar boshqacha edi.
— Minho bir soniya ham o‘ylamadi.
— Unda ketishingga o‘zim yordam beraman.
— Jisung hayron bo‘lib qaradi.
— Lekin bu safar, — dedi Minho sekin, — men seni og‘ritmaslik uchun hamma narsani qilaman.
-— U qo‘lini uzatdi. Oldingidek emas. Majburlab emas. Shunchaki… kutib.
— Jisung yana qaradi. Bu safar uzoqroq.
— Keyin… u sekin qo‘lini ko‘tardi.
— Va nihoyat — Minhoning qo‘lini ushladi.
— Bu kichik harakat edi. Lekin ular uchun… hammasi edi.
— Minho qo‘lini mahkam ushladi.
Go‘yo qo‘yib yuborsa, yana yo‘qotadigandek.
— Unda bu safar to‘g‘ri qilaman.
— Jisung ko‘zlarini yumdi. Bir lahza. Keyin yaqinlashdi.
— Bu safar o‘pish shoshilinch emas edi. Sekin.
— Ular ajralganda, hammasi o‘zgargan edi.
— Demak… transfer? — dedi Minho. -— Jisung yengil kuldi.
— Minho yengil nafas chiqardi.
— Chunki hali bizning hikoyamiz tugamadi.