Haters to lovers
Xona yana jimjit edi. Jisung asta qo‘llarini qimirlatdi. Arqon oldingidek qattiq emas edi.
— Jisung (pichirlab): …bo‘shashganmi? U yana urinib ko‘rdi. Bu safar arqon sekin siljidi. Ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Jisung: Topdim… U ehtiyotkorlik bilan qo‘lini chiqarib oldi. Nafasi tezlashdi, lekin bu safar qo‘rquvdan emas — umiddan edi. Sekin o‘rnidan turdi. Eshikka yaqinlashdi. Tutqichni ushladi. Bir soniya to‘xtadi. Keyin… eshikni ochdi. Koridor qorong‘i, bo‘m-bo‘sh edi.
Jisung orqaga qaramadi. U yugurdi. Qadam tovushlari devorlarda aks sado berardi.
— Jisung (ichida): Faqat chiqib ketishim kerak… U burildi, yana yugurdi. Yuragi qulog‘ida urayotgandek edi. Birdan— bir qo‘l uning bilagidan qattiq ushlab qoldi. Jisung qotib qoldi. Orqasidan sovuq ovoz eshitildi.
— Minho: Qayerga ketayapsan… azizim? Jisung asta orqasiga o‘girildi. Minho. Ko‘zlari qorong‘ida ham sovuq yaltirardi. — Jisung: Qo‘y… U qo‘lini tortib olishga harakat qildi, lekin Minho yanada qattiq ushladi.
— Minho: Shuncha harakat qilding… U Jisungni o‘ziga tortdi.
— Minho: Lekin foydasi yo‘q. Jisungning nafasi tezlashdi.
— Jisung: Men bu yerda qolmayman! Minho yaqinlashdi. Juda yaqin.
— Minho: Kim ruxsat berdi ketishga? Jisung ko‘zlarini qisdi.
— Jisung: Sen meni ushlab turolmaysan. Bir lahza sukut. Keyin Minho sekin kuldi. — Minho: Hali ham tushunmading. U Jisungni devorga bosdi.
— Minho: Bu o‘yin sen o‘ylagandek emas. Jisung qarshilik qildi.
— Jisung: Men o‘yin o‘ynamayman!
— Minho: O‘ynayapsan allaqachon. Sukut. Ularning nafaslari bir-biriga urilardi.
— Minho (sekin): Qochishing… U Jisungning qo‘lini yanada mahkam ushladi.
— Minho: …menga yoqdi. Jisung hayron va g‘azabli qaradi.
— Jisung: Sen kasalsan. Minho beparvo yelka qisdi.
— Minho: Balki. U bir qadam ortga chekindi.
— Minho: Lekin endi qoidalar o‘zgaradi. Jisung yuragi yana tez ura boshladi.
— Jisung: Qanaqa qoidalar? Minho ko‘zlarini toraytirdi.
— Minho: Endi seni yolg‘iz qoldirmayman. Sukut.
— Minho: Hatto bir soniyaga ham. Jisung ichida nimadir cho‘kib ketdi… lekin shu bilan birga g‘azabi yanada kuchaydi.
— Jisung: Nafratlanaman sendan. Minho unga tikilib turdi.
— Minho: Shunday davom et. Koridorda sukunat cho‘kdi. Jisung Minho qo‘lidan qutulishga urinib ko‘rdi, lekin bu safar u kuchini tejadi. Shunchaki qarab turdi.
— Jisung: Meni qo‘yib yubor. Minho darhol javob bermadi. Faqat bilagini ushlab turdi, ko‘zlari esa Jisungdan uzilmadi.
— Minho: Qochishni yaxshi ko‘rasan shekilli.
— Jisung: Sen bilan qolishdan ko‘ra yaxshiroq. Bu gap havoni yanada sovutdi. Bir lahza. Minho qo‘lini sekin qo‘yib yubordi. Jisung hayron bo‘ldi, lekin darhol orqaga chekindi.
— Jisung: …yana nima qilmoqchisan? Minho chuqur nafas oldi, go‘yoki nimanidir o‘ylayotgandek.
— Minho: Ishonishing shart emas. Sukut cho‘zildi. Keyin Minho burildi.
Jisung kulib yubordi. Asabiy kulgu.
— Jisung: Jiddiy gapiryapsanmi?
— Jisung: Meni o‘g‘irlab, keyin maktabga olib borasanmi? Minho yelkasini qisdi.
— Minho: Kimdir shubha qilmasligi uchun. Bu gap Jisungni bir soniya jim qoldirdi.
— Jisung: Sen… haqiqatan ham aqldan ozgansan.
— Minho: Balki. Lekin ishlayapti.
U oldinga yurdi. Jisung esa bir necha soniya turib qoldi.
— Jisung: Men bormayman. Minho to‘xtamadi.
Jisung atrofga qaradi. Qorong‘i, sovuq, begona joy. U tishlarini qisdi va oxiri yurishni boshladi.
— Jisung (pichirlab): Nafratlanaman… — Minho: Eshitdim.
Ular yonma-yon yurishardi, lekin oralarida masofa bor edi. Yo‘l davomida hech kim gapirmadi. Faqat qadam tovushlari.
Jisung ichida o‘ylardi: qachon qochaman? qayerdan? qanday? U sekin atrofni kuzata boshladi. Eshiklar, burilishlar… chiqish yo‘llarini eslab qolishga harakat qildi.
Minho esa go‘yoki buni sezayotgandek, birdan gapirdi:
U to‘xtadi va Jisungga yuzlandi.
— Minho: Sen jim bo‘lsang — demak o‘ylayapsan.
— Minho: Men sendan oldin o‘ylayman.
Bu gap Jisungni yana g‘azablantirdi.
— Jisung: Sen hamma narsani nazorat qilaman deb o‘ylaysanmi?
Sukut. Jisung ko‘zlarini undan uzmadi. — Jisung: Men seni yengaman.
Bu gap Minhoni bir soniya to‘xtatdi. Keyin… u kuldi.
*Ular nihoyat chiqish eshigiga yaqinlashishdi. Yorug‘lik ichkariga tushdi. Jisung ko‘zlarini qisdi. Bir qadam… va u erkinlikka chiqishi mumkin edi. Lekin Minho yonida turardi. Va bu erkinlik… haqiqiymi yoki yo‘qmi — noma’lum edi.
— Minho (sekin): Bir qadam tashla. Jisung unga qaradi.
— Minho: Ko‘ramiz… sen qanchalik uzoqqa bora olasan.
Jisung yuragi tez urdi. Lekin bu safar u to‘xtamadi.