April 29

More than pretend

Episode-2

Ertasi kuni sinf eshigi ochilganda, hech kim bu oddiy kun emasligini bilmasdi. O‘qituvchi yonidagi yangi o‘quvchini ko‘rsatdi.

— Bugundan boshlab u sizlar bilan o‘qiydi. U bola sinfga kirib kelganda, xonadagi havo o‘zgargandek bo‘ldi. Jisung buni darhol sezdi. Lekin Minho… Minho qotib qolgandi.

— O‘zingni tanishtir, — dedi o‘qituvchi. Yangi bola yengil tabassum qildi.

— Mening ismim Hyunwoo.

Uning nigohi sinfni tez ko‘zdan kechirdi… va to‘xtadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Minhoda. Bu oddiy qarash emas edi. Bu tanish qarash edi.

— Dars davomida Jisung bir necha marta Minhoga qaradi. U odatdagidek emas edi. Juda jim. Juda sovuq.

-— Tanaffusda esa hammasi oydinlashdi.

— Anchadan beri ko‘rishmadik, Minho, — dedi Hyunwoo, beparvo ohangda uning oldiga kelib. Jisung yonida turardi. Minho esa sekin boshini ko‘tardi.

— Nima qilib yuribsan bu yerda?

— Sog‘indim, — dedi Hyunwoo kulib.

Bu gap hazilga o‘xshardi. Lekin ko‘zlari umuman kulmayotgandi.

— Jisung ichida nimadir siqildi.

— Bu kim? — dedi u, beparvo ko‘rinishga harakat qilib.

Hyunwoo unga qaradi.

— Ha, to‘g‘ri, sen bilmaysan, — dedi u. — Biz eski tanishmiz.

Minho darhol gapni kesdi. — Yetar.

Bu ohang Jisungga yoqmadi.

-— O‘sha kundan boshlab hammasi asta-sekin o‘zgarishni boshladi. Hyunwoo har doim yaqin atrofda edi. Juda yaqin. U ataylab Jisung bilan Minho orasiga kirardi. U Minhoga eski xotiralarni eslatardi. Ba’zan esa Jisungni butunlay e’tiborsiz qoldirardi.

— Sen haqiqatan ham bunga ishonasanmi? — dedi Hyunwoo bir kuni Jisungga, Minho yo‘q paytda.

— Nimaga? — dedi Jisung sovuqqonlik bilan.

Hyunwoo kuldi.

— Uning senga bo‘lgan “hislariga”. Jisung jim qoldi.

— Minho hech qachon oddiy narsalarni jiddiy qabul qilmaydi, — dedi Hyunwoo sekin.

— Ayniqsa… odamlarni.

Bu gap yurakka urilgandek bo‘ldi.

-— O‘sha kuni Jisung Minhodan qochdi. U yana o‘sha eski hisni sezdi

— ishonchsizlik.

— Nima bo‘lyapti o‘zi? — dedi Minho uni to‘xtatib.

Jisung ko‘zini olib qochdi.

— Hech narsa.

— Yolg‘on, — dedi Minho darhol.

— Unda borib o‘sha “eski tanishing”dan so‘ra, — dedi Jisung keskin.

Minho jim qoldi. Bu jimlik… yana.

— Kunlar o‘tdi. Hyunwoo esa to‘xtamadi. Bir kuni u ataylab Minho yonida Jisung haqida gap boshladi.

— U senga mos emas, — dedi u past ovozda.

Minho qoshlarini chimirdi.

— Aralashma.

— Men seni bilaman, — dedi Hyunwoo yaqinlashib.

— Sen zerikasan. Har doim zerikasan. Minhoning ko‘zlari qoraydi.

— Bu safar emas, — dedi u sovuq ohangda.

Hyunwoo esa kuldi.

— Shuni o‘zingga ham aytib tur.

— Ammo u gaplar o‘z ta’sirini qoldirdi. Jisung ham, Minho ham asta-sekin uzoqlashishni boshladi. So‘zlar kamaydi. Qarashlar o‘zgardi.

— Bir kuni kechqurun Jisung maktab hovlisida yolg‘iz o‘tirganida, Hyunwoo uning yoniga keldi.

— Og‘riyaptimi? — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Jisung unga qarab, qoshini chimirdi.

— Nima demoqchisan?

— U seni tanlamaydi, — dedi Hyunwoo xotirjam.

— Oxirida hech qachon tanlamagan.

Bu gap Jisungni g‘azablantirdi.

— Sen uni bilaman deb o‘ylaysanmi? — dedi u.

Hyunwoo sekin bosh chayqadi.

— Men bilaman. Sen esa yo‘q.

— Jisung o‘rnidan turdi.

— Unda nega qaytding? — dedi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri.

Hyunwoo ko‘zlarini qisdi.

— Chunki bu safar u meni tashlab ketmaydi.

— Shu payt orqadan ovoz keldi.

— Bas qil.

Minho. Ularning orasida turib qoldi. Ko‘zlari jiddiy edi.

— Ikking ham, — dedi u.

-— Sukut. Og‘ir, bosimli sukunat.

— — Sen tanlashing kerak, Minho, — dedi Hyunwoo birdan.

Jisung yuragi bir urib to‘xtagandek bo‘ldi. — Eski yoki yangi.

— Minho qimirlamadi. Jisung unga qaradi. Javob kutib. Qo‘rquv bilan.

— Sekundlar o‘tdi. Lekin Minho hech narsa demadi.

— Va aynan shu jimlik… hammasini buzdi.

— Jisung kulib yubordi

— achchiq, sovuq kulgi.

— Tushunarli, — dedi u sekin.

U orqaga bir qadam tashladi.

— Men tanlov bo‘lishni xohlamayman. — Minho birdan unga qaradi.

— Jisung

Yo‘q, — dedi Jisung bosh chayqab.

— Bu safar yo‘q.

— U burilib ketdi. Bu safar to‘xtamadi. -— Minho joyida qotib qoldi. Hyunwoo esa yonida turib, sekin kuldi.

— Men aytgandim, — dedi u.

-— Lekin Minho bu safar unga qaramadi ham.

Chunki u kechikkanini endi tushunayotgandi.

-— …va bu hali oxiri emas edi.

Chunki Jisung endi uzoqlashmayapti.

U haqiqatan ham ketayapti.