May 11

More than pretend✨

Episode-7

Jisung qotib qoldi. Podval ichidagi sovuq birdan suyaklarigacha kirib borgandek tuyuldi.

— To‘rtinchi odam kim?..

Hyunwoo javob berishga shoshilmadi. U devordagi suratga qarab turardi.

17-oktabr.

To‘rt bola.

Ammo bittasining yuzi yirtilgan. Ataylab.

— Chunki uni hech kim eslashni xohlamaydi, — dedi Hyunwoo past ovozda.

Jisungning yuragi tez urdi.

— Kim u?!

Hyunwoo nigohini unga burdi. Va nihoyat:

— Kang Yejun.

Bu ism Jisung uchun begona edi. Lekin Hyunwoo aytgan ohang… go‘yo bu ismning o‘zi muammo edi.

— U kim bo‘lgan?

— Bizning do‘stimiz.

— “Bo‘lgan”? Hyunwoo achchiq kuldi.

— Qaranglar-a… hamma bir xil savol beradi.

Jisungning sabri tugayotgandi.

— Normal javob berolmaysanmi yban?! Hyunwoo birdan jiddiylashdi.

— Chunki u o‘lib ketgan.

Sukunat.

Og‘ir.

Bo‘g‘uvchi.

Jisung eshitgan gapini qayta ishlay olmadi.

— …Nima?

— 17-oktabr kuni.

— Yo‘q… Minho kimdir kasalxonaga tushgan degandi

— Chunki Minho senga haqiqatning yarmini aytgan.

Jisungning boshi aylana boshladi. Demak… o‘sha kuni tomda: Minho. Hyunwoo. Seojun. Va Yejun. Keyin esa kimdir o‘lgan. Lekin kim kasalxonaga tushgan? Va nega Seojun birdan yo‘qolgan? Savollar ko‘payib borardi. — O‘sha kuni nima bo‘lganini boshidan ayt, — dedi Jisung qattiq ovozda. Hyunwoo uzoq xo‘rsindi. Keyin devorga suyandi.

— Festival kuni edi. Kechasi hamma ketgach, biz tomga chiqqandik. Yejun mast edi. Minho bilan janjallashishni boshladi.

— Nima uchun?

Hyunwoo jim qoldi.

— Chunki Yejun Minhoni yoqtirardi. Jisungning ko‘zlari kattalashdi.

— …Nima?

— Ha. Lekin Minho uni rad qilgan. Ichkarida nimadir g‘alati siqildi. Rashkmi? Yo‘q. Bundan ham yomonroq his.

— Keyin-chi? — Yejun jahli chiqib ketdi. Seojun aralashmoqchi bo‘ldi. Ular baqirishardi… hamma bir-biriga qichqirardi. Hyunwoo ko‘zlarini yumdi. Go‘yo o‘sha tunni yana ko‘rayotgandek. — Va birdan Yejun sirpanib ketdi. Jisung nafasi ichiga tushdi.

— Uni hech kim itarmaganmi?

Hyunwoo darrov javob bermadi. Mana shu sukut yetarli edi.

— Men ko‘rmadim, — dedi u tez.

— Hamma narsa juda tez bo‘lgan. Lekin ovozi ishonchsiz edi.

— Kasalxonaga kim tushgan?

Bu safar Hyunwoo boshini ko‘tardi.

— Seojun.

— Nega?

— Chunki u Yejunni ushlamoqchi bo‘lgan. Jisung qotib qoldi.

— U ham yiqilganmi?!

— Yo‘q. Lekin qo‘li sinib, boshidan qattiq zarba olgan. Bir necha hafta gapirmagan. Endi hammasi asta-sekin joyiga tushayotgandi. Lekin hali ham bitta savol bor edi. Eng muhim savol. — Unda Seojun qayerda hozir? Hyunwoo birdan jimib qoldi. Ko‘zlaridagi ifoda o‘zgardi. Qo‘rquv. Haqiqiy qo‘rquv. — Bilmayman.

— Yana shu gap?!

— Chunki bu rost!

Hyunwoo asabiylashib ketdi.

— Kasalxonadan chiqqanidan keyin u butunlay o‘zgardi. Hech kim bilan gaplashmadi. Keyin esa birdan yo‘qoldi. — Qanday qilib odam “yo‘qoladi”?!

— Bilmayman!

Podval ichida aks-sado yangradi. Birdan tepada qadam tovushi eshitildi. Ikkisi ham jimib qoldi. Kimdir podvalga tushayotgandi. Sekin. Og‘ir qadamlar. Hyunwooning yuzi oqarib ketdi.

— Jin ursin…

— Nima bo‘ldi?

Hyunwoo ortga chekindi.

— U bizni topdi.

— Kim?!

Javob o‘rniga podval chiroqlari bir zum o‘chdi.

Qorong‘i.

Jisung yuragi qinidan chiqib ketay dedi.

Keyin telefon chirog‘i yondi. Ammo bu Jisungniki emasdi. Koridor oxirida kimdir turardi. Yuzini yorug‘lik yopib turardi. Faqat bitta narsa aniq ko‘rinardi. Qo‘lida eski kamera bor edi. Xuddi videodagidek.

Jisung nafasi titradi. U odam sekin kamerani ko‘tardi. Va tanish ovoz eshitildi:

— Bu safar videoni oxirigacha ko‘rasizlarmi?

— telefon chirog‘i yondi. Ammo bu Jisungniki emasdi. Koridor oxirida kimdir turardi. Yuzini yorug‘lik yopib turardi. Faqat bitta narsa aniq ko‘rinardi. Qo‘lida eski kamera bor edi. Xuddi videodagidek. Jisung nafasi titradi. U odam sekin kamerani ko‘tardi. Va tanish ovoz eshitildi: — Bu safar videoni oxirigacha ko‘rasizlarmi?